Gmail-akkauntingizni masofadan turib ham yopishni o‘rganib qo‘ying!

  •   DiMaX
  •  979
  •  18.09.2019 16:52

Gmail-akkauntingizni masofadan turib ham yopishni o‘rganib qo‘ying!

Ba’zida shunaqa bo‘lib qoladi: vaziyat taqozosi bilan kutubxonada yoki internet-kafedagi kompyuterdan Gmail-pochtangizga kirasiz, lekin oxirida akkuntdan chiqib ketdingizmi yo yo‘qmi – eslay olmaysiz. Shunaqa paytlarda masofadan turib ham Gmail-akkauntingizni yopish mumkin va buni quyida ko‘rib chiqamiz.

O‘QING: Google pochtasining «intellektual» funksiyasi foydalanuvchilarni qo‘rqitib yubordi

Agar internetga kompyuterdan kirayotgan bo‘lsangiz:

  1. Istalgan brauzerdan Gmail-akkauntingizga kirasiz.
  2. Sahifaning pastki o‘ng burchagidagi «Dopolnitelnaya informatsiya» ustiga chertasiz.
  3. Ayni damda sizning akkauntingiz qaysi qurilmada ochiq holda qolgan bo‘lsa, barchasi ayni shu yerda ko‘rinadi. «Viyti iz vsex ostalnix seansov Gmail» yozuvi ustiga bosasiz – shunda aynan hozir o‘zingiz kirayotgan kompyuter (yoki noutbuk)dan tashqari barcha gadjetlarda Gmail-akkauntingiz yopiladi.

Bordiyu mobil qurilmadan kirayotgan bo‘lsangiz:

  1. Google akkauntingiz sozlamalariga kirasiz.
  2. «Bezopasnost» bo‘limiga kirib, pastrog‘idagi «Vashi ustroystva» bandigacha borasiz.
  3. Shu yerdagi «Upravleniye ustroystvami» qismini bossangiz, akkauntingizga kirilgan va yopilmasdan qolgan barcha ilovalar va devayslarni ko‘rsatadi. Qaysi birida akkauntingizni yopmoqchi bo‘lsangiz, o‘shani tanlab, «Zakrit dostup» tugmachasini bosasiz.

Ana, endi Gmail-akkauntingiz hech qayerda ochiq qolgani yo‘q – xavotirlanmasangiz ham bo‘laveradi.

O‘QING: Telegram, WhatsApp va Viber’dagi o‘z profillarimizni yangi telefon raqamimizga qanday o‘tkazamiz?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!