Google Coral benchmarkda: Android Q tizimli va Snapdragon 855 chipli ilk gadjet!

  •   DiMaX
  •  530
  •  25.01.2019 11:00

Google Coral benchmarkda: Android Q tizimli va Snapdragon 855 chipli ilk gadjet!

Geekbench benchmarkida Google tomonidan ishlab chiqilgan yangi va qiziqarli devays tekshirib ko‘rilgani ma’lum bo‘ldi. Ma’lumotlar bazasida ushbu qurilmaning kodli nomi Coral ekanligi qayd etilgan.

O‘QING: Rasman namoyish etilmagan arzon smartfon – Google Pixel 3 Lite videotavsifini ko‘ramiz!

Afsuski, Google Coral nomi ostida aynan qanday gadjet yashiringani hozircha noma’lum – bu yangi smartfon ham, xrombuk ham bo‘lishi mumkin. Ma’lum bo‘lgani shuki, mazkur qurilma 6 gigabaytlik tezkor xotiraga va Qualcomm’ning eng ilg‘or Snapdragon 855 protsessoriga ega.

Yanada qizig‘i – Google Coral ushbu kompaniyaning hali rasman namoyish etilmagan Android Q operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi! Qidiruv giganti bu dasturiy ta’minotini hali may oyining oxirida o‘tkaziladigan Google I/O konferensiyasida taqdim qilishi, qurilmalarga esa yilning ikkinchi yarmidan tarqatishi kutilmoqda.

O‘QING: Rasman namoyish etilmagan Android 10 Q tizimining ishlashini «jonli» videoda ko‘ramiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!