Google Duo videochatlari endi planshetlarda ham ishlaydi

  •   Saroy
  •  1040
  •  29.08.2018 10:29

Google Duo videochatlari endi planshetlarda ham ishlaydi

Avgust oyida  Google Duo videochatlari uchun ilovalarga ikki yil to‘ldi. Ikki yilni o‘ziga xos yo‘l bilan nishonlashga qaror qilgan dasturchilar ularni Android-planshetlar va iPad’larda ham ishlaydigan qilishdi.

Akkauntning telefon raqamiga ulab qo‘yilganiga qaramasdan, Duo’dan planshetlarda ham mobil modemsiz foydalansa bo‘ladi. Faqat, dastlabki ishga tushirishda ko‘rsatilgan raqamga jo‘natilgan SMS’dan tasdiqlovchi kodni kiritish kerak bo‘ladi. Panelni kontakt bilan gorizontal holatga keltirsangiz o‘ng tomonda tasvir chiqadi, qolgan paytda interfeys smartfonlar uchun versiyadan umuman farq qilmaydi.

O‘QING:Google Chrome eSpectr’dan himoyalandi, lekin xotira iste’moli ortdi

Google Duo’ning yana bir ustun tomoni —  «Tuk-Tuk» funksiyasidir. U sizga qo‘ng‘iroq qiluvchini unga javob berishdan oldin ko‘rish imkonini beradi. Ushbu xizmat internetga yomon ulangan bo‘lsangiz ham sifatli aloqani ta’minlaydi, ovozli qo‘ng‘iroqni ham qo‘llab quvvatlaydi.

Google Play do‘konlarida  videochatlarga ilovalar 500 milliondan ko‘p o‘rnatildi. Apple App Store esa statistikani hali oshkor etganicha yo‘q, Ammo iPhone foydalanuvchilariga ham raqobatchi FaceTime  yoqib qoldi. Ular qo‘ng‘iroqlarining to‘rtdan bir qismi Duo’da qilinmoqda.

O‘QING:Google Play’da global «tozalanish»: kriptovalyutali ilovalar va boshqa dasturlar xavf ostida

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!