Google Maps jamoat transportining kechikiyotganidan ogoh etadi

  •   Saroy
  •  418
  •  02.10.2018 14:45

Google Maps jamoat transportining kechikiyotganidan ogoh etadi

Google Maps jamoasi kartografika xizmatining yangi imkoniyatlari haqida gapirib berdi. Unga binoan, jamoat transportida kerakli joyga belgilangan muddatda yetib bora olasiz.

Ogohlantirilgan,  demak qurollangan

Google Maps ilovasida Commute varaqasi paydo bo‘ldi. Unda oddiy yo‘nalishda yo‘ldagi vaziyat va tiqilinch bo‘lishidan qat’iy nazar yo‘lga ketadigan vaqt haqidagi bashorat aks ettirilgan. Bu haqda foydalanuvchi uyidan yoki ish joyidan chiqmay turib bilishi mumkin va zaruratga qarab rejasiga o‘zgartishlar kirita oladi. Avtohalokat bo‘ladigan bo‘lsa yoki harakat to‘xtatilgani haqida bashoratlar tizimi muqobil yo‘nalishlarni aytib beradi. Android-qurilmalar jamoat transportining kuzda tutilmagan ushlanib qolishlari haqida bildirishnoma bilan ta’minlangan.  iPhone'larda shunchaki status tekshirib turilsa yetadi.

O‘QING:Xushxabar: Google Maps’ga 39ta yangi, jumladan, o‘zbek tili ham qo‘shildi!

Google Maps «dunyoning 80 ta mintaqasi»da xaritada kelayotgan avtobus va tramvaylarni va bekatga taxminiy kelib to‘xtash vaqtini ko‘rsatib turadi. Sidneyda yo‘lovchilar transportning to‘lganligi yoki hali nechta bo‘sh joy borligini avvaldan bila oladi.

Musiqa ostida olg‘a

Yana bir xususiyat navigator rejimida musiqa qo‘yishni boshqarish funksiyasidan iborat. Apple Music va Google Play Music’ni qo‘llab quvvatlaydi.  Spotify bilan esa yanada chuqurroq integratsiya joriy qilingan, ilovalardan ilovalarga o‘tayotganda ham pleylistlar va  albomlarni ko‘rish mumkin.

O‘QING:Google Maps’ning yengil talqini – Maps Go’ni istalgan Android-qurilmaga o‘rnatamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!