Google megabaytni tejovchi ilovasini dafn etdi, lekin uni boshqa joydan yuklab olamiz!

  •   DiMaX
  •  1666
  •  18.10.2019 14:03

Google megabaytni tejovchi ilovasini dafn etdi, lekin uni boshqa joydan yuklab olamiz!

Ushbu kompaniyaning muvaffaqiyatli chiqmagan, o‘z umrini o‘tab bo‘lgan hamda «tug‘ilmasdan bo‘g‘ilgan» mahsulotlarini aks ettiruvchi Killed By Google sayti mavjud. Unga «dafn etilgan» bir qator servislar, ilovalar va gadjetlar haqida bir qator xabarlar e’lon qilganmiz.

O‘QING: Google mahsulotlarining haqiqiy qabristoni ochildi – qabrtoshlari ham bor!

Lekin foydalanuvchilar uchun juda foydali – smartfonda megabaytlarni tejaydigan, sarflanishini nazorat qiladigan Datally ilovasini to‘satdan Google Play’dan olib tashlanishini hech kim kutmagan edi. To‘g‘ri, «Google qabristoni»da hozircha uning «qabri» paydo bo‘lgani yo‘q, ammo rasmiy ilovalar katalogida uni izlab ham topolmaysiz:

Mazkur kompaniya odatda Google Play’dan olib tashlangan dasturlarini unga qayta joylamaydi. Shundan kelib chiqib, Datally utilitasining ham qaytmasligini taxmin qilish qiyin emas.

O‘QING: Ogoh bo‘ling: Google Play'dan 100M+ yuklangan ilova virus tarqatmoqda!

Yaxshiyamki, ilovalarning o‘rnatiluvchi APK-fayllarini olish mumkin bo‘lgan ishonchli resurslar bor va ular orasida APKMirror sayti alohida o‘rin tutadi. Agarda siz telefoningizda intenet-trafikni tejamoqchi bo‘lsangiz, Datally utilitasini undan ko‘chirib olib o‘rnatishingiz mumkin.

Buning uchun smartfoningizda mana bu havola orqali o‘tasiz va sahifaning pastrog‘ida, Datally dasturining turli versiyalari ko‘rsatilgan ro‘yxatdan keraklisini tanlab, «Download APK» tugmachasini bosasiz:

APK-faylning yuklanib bo‘lishini kutasiz (brauzeringiz ruxsat so‘rasa – tasdiqlaysiz), ko‘chirib bo‘lgach esa uni ochish uchun «Otkrit»ni bosasiz. Ilovaning yangi talqini o‘rnatiladi va ochib ishlataverasiz.

O‘QING: APK fayllarini cheklovlarsiz ko‘chirib olamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!