Google nuqsonli chiqqan smartfonlar egalarining har biriga 500 dollargacha to‘lab beryapti!

  •   DiMaX
  •  575
  •  16.05.2019 13:20

Google nuqsonli chiqqan smartfonlar egalarining har biriga 500 dollargacha to‘lab beryapti!

Qidiruv giganti 2016 yilning kuzida Pixel hamda Pixel XL smartfonlarini taqdim etgan va sotuvga chiqargan edi. Lekin ulardan bir nechtasida jiddiy braklar bo‘lgani sababli, o‘tgan yilning fevralida xaridorlar Google ustidan sudga jamoaviy ariza berishgan.

O‘QING: Dinamikda ham, kamerada ham, xotira va batareyada ham muammo: foydalanuvchilar Google Pixel 3 va 3 XL smartfonlaridan shikoyat qilmoqda

2016 yilgi mazkur smartfonlarda uchta mikrofon mavjud bo‘lib, ularning ayrimlarida bitta yoki bir nechta mikrofon ishlamagan. Xaridorlardan ko‘plab shikoyatlar tushavergach, Google kompaniyasi 2017 yili o‘z aybini tan olgan va yangisiga almashtirib berishni taklif etgan. Biroq ayrim foydalanuvchilarga almashtirib berilgan Pixel’larda ham yana ayni muammo uchragan.

Shunga qaramasdan, kompaniya mazkur modellarni sotishda davom etavergan. Natijada xaridorlar uni sudga berishgan va Google endi ularga zararni qoplab beradigan bo‘lyapti.

The Verge nashrining yozishicha, 2017 yilning 4 yanvariga qadar sotilgan Pixel hamda Pixel XL egalariga Google kompensatsiya to‘lab berishga rozi bo‘lgan. Buning uchun esa iste’molchilar mazkur xaridni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

Xabarga ko‘ra, brak chiqqan smartfoni kompaniya tomonidan yana nuqsonlisiga almashtirib berilgan «baxtli» xaridorlarga eng yirik miqdordagi – naq 500 dollarlik kompensatsiya to‘lanadi. Almashtirib berishlarini talab qilmagan nuqsonli smartfonlar egalari esa 350 dollardan tovon puli olishadi. Defekt haqida xabar bermagan Pixel va Pixel XL foydalanuvchilariga esa kompaniya 20 dollardan to‘layapti.

Shu tariqa, Google umumiy hisobda 7,25 million AQSh dollari miqdorida kompensatsiya to‘layapti. Aytish kerakki, bu hol kompaniya tarixida birinchi marta bo‘lishi emas...

O‘QING: Google va Huawei bu smartfon egalarining har biriga 400 dollardan to‘laydi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.