Google OS Android 9.0 ni chiqarmoqchi

  •   Saroy
  •  1178
  •  07.08.2018 17:29

Google OS Android 9.0 ni chiqarmoqchi

Google kutilmaganda Android 9’ning final versiyasini chiqardi, aslida u 20 avgustga kutilgan edi. To‘qqizinchi versiya operatsion tizimining to‘liq nomi ham ma’lum bo‘ldi: P harfi  ostida Pie (pirog) so‘zi yashiringan ekan.

O‘QING:Telegram X’ning Android ilovasi yangilandi, yangi imkoniyatlar bilan tanishing!

Yangi Android’ni taqdim etar ekan, Google sun’iy intellekt  va jest bilan boshqarish imkoniyatlariga urg‘u bergan. Ular orasida eng muhimlari quyidagilar:

Adaptive Battery: ushbu tizim sizning qaysi ilova bilan tez-tez yoki onda-sonda foydalanishingizni tahlil qilib, shundan keyin akkumulyator quvvati miqdorini ilovalarga taqsimlaydi.

Adaptive Brightness: istagingizga qarab yorqinlikni sozlaydi.

App Actions: tez-tez foydalanilayotgan funksiyalarga javob beradigan ilovalar uchun maxsus aktivatorlar. Ya’ni biror bir harakatni amalga oshirish uchun ilovaning o‘zini ishga tushirish shart bo‘lmaydi.

Digital Wellbeing: bu hozirda juda ommalashgan  funksiya (foydalanuvchilarning o‘zlarida bo‘lmagan taqdirda ham, servisda va ilovalarda bo‘ladi) bo‘lib, ma’lum bir ilovaga yoki umuman smartfonga sarf etgan vaqtingizni hisoblaydi. Hohishga qarab limit yoki aniq bir vaqtni o‘rnatish mumkin, u tugagandan keyin ekran oq-qora bo‘lib qoladi (ya’ni uyqu vaqti keldi, degani). To‘g‘ri, hozirda bu funksiya takomillashtirilayotgani bois test rejimida faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘QING:«Pistali muzqaymoq»: yakuniy Android P taqdimot kuni ham ma’lum!

Eslatib o‘tapmiz, Android 9’da operatsion tizimi ilk bor qirqmali smartfonlarga moslashtirildi. Yangi Android’ni birinchi bo‘lib Pixel smartfoni olgan. Bundan tashqari, Essential kompaniyasi Twitter’da ma’lum qilishicha, uning qurilmalari ham yangilana boshlagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!