Google Pixel 3: simsiz quvvatlantirgich va «Active Edge»texnologiyasi bilan

  •   Saroy
  •  746
  •  11.06.2018 12:17

Google Pixel 3: simsiz quvvatlantirgich va «Active Edge»texnologiyasi bilan

Flagman qurilmalar orasida tez quvvatlantirgich yana ommalashmoqda.  Google kompaniyasi bunday zaryadkani oxirgi marta 2013 yilda o‘rnatgan edi. O‘shanda kompaniya o‘zining Nexus 5 smarfonini chiqargandi. Endi esa, axborot manbalarida tarqalgan xabarlarda aytilishicha, ushbu texnologiya Google Pixel’ning keyingi avlodida qo‘llaniladi.

Xabarda qayd etilishicha, yangi texnoogiya  Pixel 2/2 XL kabi,  «Active Edge»  texnologiyasi bilan jihozlanadi.

O‘QING: Google Pixel 3 XL smartfonini ilk «jonli» suratlarda ko‘ring!

Pixel 3/3 XL smartfoni shishali korpusga ega bo‘ladi. Keksa model  LG kompaniyasida ishlab chiqarilgan 6.2-dyuymli, keyingisi esa,  5.3-dyuymli kemtikli  OLED-displey bilan ta’minlanadi. Ikkala qurilmaning ham samarali ishlashiga lider protsessorlardan hisoblangan  Snapdragon 845 javob beradi. Afsuski mazkur flagman haqidagi olingan xabar hozircha shu xalos.

Smartfonlar kuz oylarida bozorga chiqib qolsa kerak.

O‘QING: Pixel Watch: nihoyat, Google ham o‘zining ilk smart-soatini chiqaryapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!