Google Pixel 4 rasmiy suratda - Iphone XI endi Google'dan o‘g‘irlanadimi?!

Google Pixel 4 rasmiy suratda - Iphone XI endi Google'dan o‘g‘irlanadimi?!

Qidiruv giganti o‘tgan oyning boshida arzonlashtirilgan Google Pixel 3a hamda 3a XL smartfonlarini taqdim etgan edi. Endi oktyabrning boshlarida Google Pixel 4 turkumidagi flagmanlar namoyishi bo‘lishi kutilmoqda. Rasmiy taqdimotigacha to‘rt oy vaqt bo‘lsa-da, qurilmaning «jonli» videosini chiqarishga ham ulgurishgandi. Endi esa kompaniyaning o‘zi smartfonning ilk rasmiy suratini namoyish etdi.

Google rasmiy Twitter-akkauntida navbatdagi flagmanining suratini e’lon qilgan. Renderda smartfonning orqa paneli ko‘rsatilgan bo‘lib uning yuqori chap burchagidan ikkitalik kamera, fotochaqnoq va ko‘makchi datchiklardan tashkil topgan kvadrat modul joy olgan. Pastki o‘ng burchakdan mikrofon joy olganligini tahmin qilish mumkin.

Korpusning o‘ng yon tomonida mexanik tugmachalar ko‘rinib turibdi, pastki qismda esa – Pixel lineykasi logotipi mavjud. Barmoq izi daktiloskopi katta ehtimol bilan ekranning o‘ziga joylashadi. OnLeaks nomi bilan mashxur insayder esa rasmiy tizerdan kelib chiqib smartfonning bus butun holati aks etgan suratni ulashdi.

Google Pixel 4

Qurilmaning ichki tuzilishi haqida ma’lumot berilmagan, qiziqqon foydalanuvchilarga esa qurilmaning nimalarga qodirligini yana ozroq kutish taklif qilingan. Shuningdek, old panel dizayni ham noma’lum bo‘lib qolmoqda, gap so‘zlarga qaraganda Pixel 4 ekranida ikkitalik kamera uchun aylana qirqimlar ochilgan bo‘ladi.

 «Yanada ko‘proq narsa aytish niyatim ham bor edi, ammo shuni aytishim mumkinki, bu rostdan ham Pixel 4», — deb yozgan Google.

Google Pixel 4 va Google Pixel 4 XL anonsi oktyabr oyida bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: «Kambag‘albop» Pixel 3a XL smartfonlari taqdimotdan avval do‘konlarga keldi, narxlari bilan tanishing!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!