Google pochtasining «intellektual» funksiyasi foydalanuvchilarni qo‘rqitib yubordi

  •   Saroy
  •  508
  •  05.10.2018 10:25

Google pochtasining «intellektual» funksiyasi foydalanuvchilarni qo‘rqitib yubordi

Yaqinda Gmail «Smart Compose», deb nomlangan yangi funksiyani ishga tushirdi. U butun boshli gapni va  hatto foydalanuvchilarning mashhur pochta xizmati orqali yozgan xatlaridagi iboralarni ham oxirigacha yetkazadi.

Smart Compose  Google’ning “aqlli javob” (smart reply) funksiyasiga asoslangan. Ushbu funksiya sizning  elektron pochtangiz orqali olgan maktubingiz asosida junatishingiz mumkin bo‘lgan oddiy javobni avtomatik tarzda jo‘natishni taklif etadi (masalan, «Rahmat!». Endi esa «Aqlli javob» butun boshli gap darajasigacha kengaytirildi.

O‘QING:Nokia 9 PureView flagmanining besh modulli kamerasi misli ko‘rilmagan funksiyalarga boy!

Google o‘zining blogida shunday yozadi, funksiya har bir bosilgan tugmacha asosida bashoratni ta’minlaydi va 10 ms tezligida javob berishi kerak. Bundan tashqari, javoblar vaqt o‘tgan sayin yaxshilanib boradi, chunki sun’iy intellekt sizning muloqot qilish odatingizni  yanada yaxshiroq o‘zlashtirib boradi.  Ya’ni amalda, tizim orqangizdan josuslik qiladi, u sizning manzilingizni, tanishlaringizni va kimga qanday murojaat qilishingizni biladi.

Natijada,  o‘z  maktublarida Smart Compose ishini sezayotgan foydalanuvchilar orasida ushbu funksiya ancha shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlar esa foydalanuvchilarning  ajablanish va norozilik bilan bildirgan fikrlariga to‘lib ketdi. Chunki foydalanuvchilarda  sun’iy intellekt barcha yozishmalar hamda shaxsiy hayotni kuzatib turayotgandek tuyulyapti. Bu esa, haqiqatan ham havotir uyg‘otadigan holatdir, deyiladi mazkur xabarda. 

O‘QING:Smartfonlarning eng keraksiz funksiyalarini bilasizmi?

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.