Google rahbari Android 10 Q taqdimot kunini rasman e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1069
  •  26.01.2019 17:14

Google rahbari Android 10 Q taqdimot kunini rasman e’lon qildi

Qidiruv giganti har yili dasturchilar uchun maxsus konferensiya o‘tkazib, unda o‘z mobil operatsion tizimini namoyish etadi. Bu yilgi I/O 2019 konferensiyasining vaqti va joyini kompaniya rahbari rasman ma’lum qildi.

O‘QING: Rasman namoyish etilmagan Android 10 Q tizimining ishlashini «jonli» videoda ko‘ramiz!

Sundar Pichai bu ma’lumotni o‘zining Twitter-akkaunti orqali e’lon qildi. «...Shorlayn amfiteatrida, bu yilgi I/O doirasida 7-9 mayda ko‘rishamiz», deb yozgan Google rahbari.

Demak, tadbir Kaliforniya shtatidagi Mauntin-Vyu shahrida joylashgan Shorlayn amfiteatrida bo‘lib o‘tadi va unda Android 10 Q operatsion tizim talqini rasman taqdim etiladi. Uning qaysi shirinlik sharafiga nomlanishi hozircha aniq emas, lekin ayrim yangi imkoniyatlarini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Android Q tizimidagi yangi imkoniyatlar bilan tanishamiz!