Google reytingi: 2019 yilning eng zo‘r Android-ilovalari

  •   DiMaX
  •  3496
  •  04.12.2019 10:58

Google reytingi: 2019 yilning eng zo‘r Android-ilovalari

Kechagina Apple korporatsiyasiga ko‘ra 2019 yilgi eng yaxshi ilovalar va o‘yinlar reytingini e’lon qilgan edik. Qidiruv giganti ham yil yakunlariga ko‘ra Google Play Market’dagi eng zo‘rlari ro‘yxatini chiqardi.

O‘QING: Smartfoningizdagi 19 ta xavfli ilova: Facebook, Messenger, Shareit...

Yakuniga yetayotgan yilda Android-smartfonlar uchun eng yaxshi ilova deb YouCan e’tirof etildi. Bu dastur kishiga o‘zining odatlarini kuzatib borishda, meditatsiya va badantarbiya qilishda tengsiz yordamchidir.

Qolgan eng yaxshi ilovalarni Google tegishli toifalarga ajratib e’lon qilgan, quyida ulardan har birining nomiga o‘rnatilgan havola orqali yuklab olish sahifasiga o‘tish mumkin.

O‘z ustida ishlash uchun eng ma’qul dasturlar:

2019 yilning eng yaxshi topilmalari:

  • Konseptlar – ko‘plab jihozlarni o‘z ichiga olgan chizish ilovasi
  • LitRes: Hikoyalar – interaktiv kitoblar
  • MashApp – kulgili roliklarni ulashishga mo‘ljallangan ijtimoiy tarmoq
  • Morphin – CGI GIF Maker – GIF-kartinkalardagi kishilarning o‘rniga sizning rasmingizni qo‘yib beruvchi dastur
  • ruff – sodda qaydlar muharriri

Eng yaxshi ko‘ngilochar ilovalar:

  • Ablo – o‘zga xalqlar madaniyatlarini o‘rganish uchun o‘z tarjimoniga ega ijtimoiy tarmoq
  • 21 Buttons – ommabop trendlarni kuzatib borish imkonini beruvchi ijtimoiy tarmoq
  • My Talking Pet – jonivorlar fotosuratlarini jonlantirib beruvchi dastur

Xo‘sh, bulardan birortasi sizning smartfoningizga ham o‘rnatilganmi, yo endi sinab ko‘rasizmi?

O‘QING: Telegram asoschisi Durov: «Smartfoningizdan bu ilovani o‘chirib tashlang!»

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!