Google smartfon xotirasini tozalovchi bepul menejerini boshqa nom va dizayn bilan yangiladi

  •   DiMaX
  •  937
  •  09.11.2018 13:02

Google smartfon xotirasini tozalovchi bepul menejerini boshqa nom va dizayn bilan yangiladi

«Qidiruv giganti» o‘tgan yilning dekabrida o‘zining Files Go dasturini chiqargan edi. Asosiy vazifasi smartfonning xotirasini ortiqcha ma’lumotlardan tozalash bo‘lsa-da, shu bilan birga bu ilova qulay fayl menejeri hamdir.

O‘QING: Google smartfonlarni "chiqindi"dan tozalaydigan bepul ilovani e’lon qildi

Google endi uni yangicha dizayn bilan qayta chiqardi va nomini ham Files by Google tarzida o‘zgartirdi. Shuningdek, kompaniyaning ta’kidlashicha, mazkur dasturni har oyda 30 milliondan oshiq foydalanuvchi ishlatadi.

Files by Google ilovasi qurilma xotirasini tozalashdan tashqari, fayllarni Android’ning o‘zidagidan ko‘ra qulayroq tarzda ko‘rish va boshqarish imkonini ham beradi.

Android 5.0 Lollipop va undan keyingi talqinda ishlaydigan smartfonlar egalari Files by Google ilovasini Google Play katalogidan mana bu havola orqali yuklab olishlari mumkin.

O‘QING: Hamyonbop va kuchsizroq smartfonlar uchun sakkizta «yengil» ilova

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!