Google va Netflix O‘zbekistonda soliq to‘lashni boshladi

  •   DiMaX
  •  647
  •  24.04.2020 17:52

Google va Netflix O‘zbekistonda soliq to‘lashni boshladi

Soliq kodeksi bilan 2020 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorijiy kompaniyalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lash joriy etildi. Bu to‘g‘rida «Davletov» Telegram-kanali xabar bermoqda.

O‘QING: INPS va INN (STIR) raqamlarini internetdan qanday bilish mumkin?

Bunday kompaniyalarni ro‘yxatga olish uchun Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan maxsus xizmat – Internet-kompaniyalarning QQS-ofisi – http://tax.uz yaratildi, deyiladi xabarda.

Bugungi kunga qadar QQS-ofis orqali O‘zbekistonda 9 ta xorijiy kompaniya ixtiyoriy soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Ular:

- Google Commerce Limited;

- Google Ireland Limited;

- Google Voice Inc;

- Apple Distribution International Limited;

- Netflix International B.V.;

- Samsung Electronics Co., Ltd.;

- Sleverbridge AG;

- Xsolla (USA), Inc.;

- Activision Blizzard International BV

Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, QQS bo‘yicha birinchi to‘lov «Google Commerce Limited» kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Kompaniya joriy yilning I choragi yakunlariga ko‘ra davlat byudjetiga 85 ming yevro miqdorida mablag‘ to‘ladi.

O‘QING: Endi o‘z kredit tarixingizni onlayn olishingiz mumkin

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!