Google «Xaritalar»iga endi o‘zingiz yangilik qo‘sha olasiz!

  •   DiMaX
  •  571
  •  05.12.2020 10:55

Google «Xaritalar»iga endi o‘zingiz yangilik qo‘sha olasiz!

Qidiruv giganti o‘zining Google Maps kartografik servisiga yangi funksiya qo‘shayotganini e’lon qildi. Endi undagi ob’yektlar haqida foydalanuvchilarning izohlari ham ko‘rsatiladi.

O‘QING: Google «Xaritalar»dan haydovchilar uchun xushxabar bor!

«Xaritalar» ilovasining yangilangan «Yaqin atrofdagilar» (Explore) varaqasida foydalanuvchilarning yangiliklari tasmasi paydo bo‘lgan. Unda kartadagi muassasalar haqida ularning egalari va foydalanuvchilari qo‘shgan suratlar va yozuvlar aks etib boradi.

Mazkur yangi funksiya hudud yangiliklaridan boxabar bo‘lishda, yangi joylarni topishda foydalanuvchilarga yordam berish maqsadida joriy etilgan. U yerda o‘zingizga sevimli restoran menyusiga yangi taom qo‘shilganini ham, shu atrofdagi do‘konda aksiya ketayotganini ham bilib olishingiz mumkin. Tabiiyki, shu kabi ma’lumotlarni «Xaritalar» ilovasining yangiliklar tasmasiga o‘zingiz ham qo‘sha olasiz.

Google dasturchilarining ta’kidlashlaricha, foydalanuvchilarning yangiliklari tasmadagi eng ko‘zga ko‘rinarli joyda turadi. Yangi funksiya dunyo bo‘ylab Android hamda iOS-qurilmalarga bosqichma-bosqich tarqatilmoqda va O‘zbekistondagi Google Maps foydalanuvchilari ham yaqin orada undan bahramand bo‘lishadi.

O‘QING: Google Maps va boshqa xaritalar masshtabini bitta barmoqda boshqarish mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!