Google yana uchta mahsulotini o‘z «qabriston»iga jo‘natdi

  •   DiMaX
  •  1428
  •  03.04.2019 16:58

Google yana uchta mahsulotini o‘z «qabriston»iga jo‘natdi

Qidiruv gigantining bekor qilingan loyihalari, ishlab chiqarishdan olingan mahsulotlari haqida yaqindagina xabar bergandik. Shu «qabriston»ga yana uchta Google servisi yo‘l olmoqda.

O‘QING: «Google qabristoni»ga bir nazar: unda nimalar «dafn etilgan»?

Kuni kecha Google kompaniyasi URL-manzillarni qisqartirib beruvchi goo.gl servisini yopgandi. The Next Web nashriga ko‘ra, endi u Google+ ijtimoiy tarmog‘ini hamda Inbox ilovasini ham tugatyapti.

Aytish kerakki, Inbox servisi 2014 yili ishga tushirilgan bo‘lib, rejaga ko‘ra, u elektron pochta olamida inqilob yasashi kerak edi. Ammo bu amalga oshmadi, uning ayrim funksiyalari Gmail servisiga o‘tkazildi.

Google+ esa bir necha oy mobaynida Facebook raqibi bo‘ldi, ammo bu raqobatga dosh bera olmadi. Ushbu ijtimoiy tarmoqning ma’lumotlar himoyasida bir qator zaifliklar aniqlandi. Ularni tuzatib o‘tirgandan ko‘ra, kompaniya mazkur servisning o‘zini yopib qo‘yaqolishni afzal bildi.

O‘QING: iPhone’lar qabristoni: eski smartfonlarni nima qilishadi (+video)?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!