Google'dan yaqin orada buklamafon kutib ovora bo'lmang

Google'dan yaqin orada buklamafon kutib ovora bo'lmang

Koreyaning The Elec nashri va taniqli insayder Ross Young bergan xabarlarga ko'ra, Google'ning anchadan beri mish-mish bo'lib kelayotgan buklamafoni chiqarilishi 2023-yilning bahoriga, (balkim keyingi yil Google I/O tadbiriga) qoldirilgan. Aslida 2021-yilda taqdim qilishi kerak bo'lgan buklamafon 2022-yilning to'rtinchi choragida chiqarilishi kutilayotgan edi.

The Elec nashri manbalarining ma'lum qilishicha, telefonning chiqarilish sanasi kechiktirilishiga sabab uning shunchaki hali tayyor emasligi bo'lgan. Ross Young ham o'z Twitter sahifasida bir nechta manbalardan Google'ning buklamafoni chiqarilishi keyingi yil bahoriga qoldirilganini aytgan.

Oldin tarqatilgan xabarlarga ko'ra, ikki dizayndagi buklamafon: Galaxy Z Fold kabi gorizontal buklanadigan "Passport" va Galaxy Z Flip kabi vertikal buklanadigan "Jumbojack" ichki kod nomli smartfonlarni sinayotgan edi. Bunda Google o'zining 7.57 dyuymli ichki va 5.78 dyuymli tashqi ekranga ega bo'lishi aytilayotgan Passport qurilmasi uchun Samsung tomonidan ishlab chiqarilgan displeylardan foydalanilashini aytilgan edi.

O'QING: Google Imagen bilan xayolotni reallikka ko'chiramiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!