GTA 5 fanatlari, davringiz keldi – uni butkul bepul olib qo‘ying! (+video)
Koronavirus pandemiyasi tufayli karantin sharoitida kishilar uylarida qolishlari uchun turli o‘yin studiyalari o‘z mahsulotlarini bepul tarqatishmoqda. Epic Games eng qiziqarli ekshen o‘yinlardan biri – Grand Theft Auto 5’ni tekinga tarqatyapti!
O‘QING: 90 yoshli geymer onaxon Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi! (+video)
Kompaniya rasmiy saytidagi bepul berilayotgan o‘yinlar sahifasida «Sirli o‘yin» yashirib qo‘yilgan va bugun – 14 may kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 dan uning «yuzidan pardasini olishadi».
Lekin Wario 64 nikli insayder uning Grand Theft Auto ekanligini aniqlashga erishgan. U hatto Epic Games mazkur aksiyaga bag‘ishlab tayyorlagan rolikni ham qo‘lga kiritgan va e’lon qilgan:
Tweet ad is deleted, so here you go pic.twitter.com/3oja0C3418
— Wario64 (@Wario64) May 14, 2020
Demak, tarqatish boshlanganidan so‘ng mana bu havola orqali Epic Games Store’ga o‘tib, undan GTA 5 o‘yinini yuklab olishingiz mumkin. Uning kompyuterlar uchun bepul tarqatilishi esa 21 may sanasigacha davom etadi.
Ta’kidlab o‘tish kerakki, Metacritic agregatoriga ko‘ra oxirgi o‘n yillikning eng yaxshi o‘yinlarining ikkita reytingga ham Grand Theft Auto 5 kirgan.