Haftasiga besh mingta: Tesla ushbu ko‘rsatkichni yana qancha ushlab tura oladi?

  •   Saroy
  •  989
  •  02.07.2018 18:09

Haftasiga besh mingta: Tesla ushbu ko‘rsatkichni yana qancha ushlab tura oladi?

Chamasi, Tesla kompaniyasi Model 3 elektromobili ishlab chiqarishini haftasiga 5000 donaga yetkazib,  maqsadiga erishgan ko‘rinadi.  O‘tgan yakshanba kuni Twitter’da  kompaniya ishchilari tomonidan «Model 3 5K Club» deb post qo‘yilgan  surat paydo bo‘ldi.

O‘tgan qishda Tesla rahbari Ilon Mask 2018 yilning uchinchi choragigacha elektromobil ishlab chiqarish ko‘rsatkichi haftasiga 5000 donaga olib chiqiladi, deb va’da bergan edi. Reuters nashri tarqatgan ma’lumotda aytilishicha, besh minginchi Model 3’ning yakuniy taftishi 1 iyul, mahalliy vaqt bilan soat ertalab 5 da yakunlangan. Ilon Mask hozircha  7000 elektrokar ishlab chiqargani haqda ma’lum qilgan - Model S va Model X’ni qo‘shib hisoblab, albatta. Ehtimol, rejaning uddalangani haqida Tesla shu haftada e’lon qilinishi kutilayotgan moliyaviy hisobotida rasman ma’lum  qilishi mumkin.

O‘QING: «Svyaznoy» Tesla elektromobillariga buyurtma qabul qilishni boshladi

Avval boshdan, Tesla ushbu ko‘rsatkichga ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning eng yuqori darajasiga chiqarish evaziga   2017 yilning dekabr oyida erishishini rejalashtirgan edi. Keyinroq Ilon Mask bu xato bo‘lganini tan olgan. Robotlardan  haddan ziyod ko‘p foydalanish ishlab chiqarishni aksincha, sekinlashtirib yubordi. Jadval bo‘yicha ko‘rsatkichga chiqib olish uchun  Model 3’ni yig‘ish aprel oyidan boshlab uch smenada tashkil etildi. Ikkinchi chorakning oxiriga kelib esa, kompaniya ishlab chiqarish maydonida uzunligi 45 metrli chodir tikladi va ushbu chodir ostiga yana bir  yig‘uv lineyasini o‘rnatdi.

Ayrim ekspertlar Tesla’ning  Model 3’ni yig‘ish sur’atini kelgusida ham  shu zaylda  ushlab turolmasligini ta’kidlashmoqda.  – Kompaniya barcha kuch-g‘ayratini  yangi modelni yig‘ishga tashladi va shunday yuqori ko‘rsatkichga erishdi, biroq bu, qisqa muddatli yagona  sakrashdir. Bunday sur’atda doimiy ravishda ishlashning aslo imkoni yo‘q, – deyishmoqda ular.

O‘QING: Ilon Mask shoshilmasa bo‘lmaydi