Haj mavsumida Ucell’dan munosib tuhfa

  •   DiMaX
  •  1389
  •  27.07.2018 14:46

Haj mavsumida Ucell’dan munosib tuhfa

O‘zbekistonda Ucell brendi ostida xizmat ko‘rsatayotgan «COSCOM» MChJ xorijiy mamlakatlarga chiquvchi o‘z mijozlari uchun turli yengilliklar taqdim etib kelayotir. Jumladan, qo‘shni mamlakatlarga tashrif buyuruvchi Ucell abonentlari uchun to keyingi yilning may oyi so‘ngigacha aksiya amal qilmoqda.

O‘QING: Ucell’ning yangi aksiyasi: «Qo‘shnilarga yaqinroq» bo‘lamiz!

Haj mavsumi yaqinlashayotganini hisobga olib, Ucell endi Saudiya Arabistonida roumingda chegirmalar taqdim etayotir. Bu haqda operator saytida xabar e’lon qilingan.

Unga ko‘ra, Saudiya Arabistoniga borganingizda, yanada qulay shartlarda yaqinlaringiz bilan aloqada qolishingiz mumkin. Ushbu mamlakatdagi Zain uyali aloqa operatori tarmog‘ida roumingda arzon narxlarda muloqot qila olasiz.

Xabarga ko‘ra, bunda barcha mahalliy qo‘ng‘iroqlarning, kiruvchi qo‘ng‘iroqlarning hamda O‘zbekistonga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning bir daqiqasi atigi 3500 so‘mdan narxlanadi. SMS-xabarlarning har biri uchun esa atigi 350 so‘m to‘lanadi.

Maxsus narxlar 2018 yilning 27 iyulidan 26 dekabriga qadar Ucell’ning barcha abonentlari uchun amal qiladi. Bu borada batafsil ma’lumotni operator saytidan olish mumkin.

O‘QING: Ucell’dan layfxak-2: Smartfondan TAS-IX’ga bepul kiring!