Hali taqdim etilmagan Galaxy A6+’ni ilk videoda ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  2134
  •  19.04.2018 11:23

Hali taqdim etilmagan Galaxy A6+’ni ilk videoda ko‘ring!

Samsung shu kunlarda taqdimotga tayyorlayotgan bir qator hamyonbop va o‘rta narxli smartfonlar haqida ma’lumot berib kelayotirmiz. Internet kengliklarida shulardan birining videosi paydo bo‘ldi.

O‘QING: Sirli ro‘yxat: Samsung bu yil taqdim qiladigan smartfonlar

Bu – janubiy koreyalik gigantning Galaxy A6+ rusumli qurilmasi. To‘g‘ri, bu smartfonning «jonli» olingan video emas, balki uning kompyuterda tayyorlangan uch o‘lchamli modeli tasviridir. Ammo baribir bu lavha mazkur smartfonning tashqi ko‘rinishi haqida tasavvur hosil qilishimizga yordam beradi.

Mana, birga ko‘ramiz:

Guvoh bo‘lib turganingizdek, Galaxy A6+ smartfoni Galaxy A turkumidagi katta modellarga imkon qadar yaqinlashtirilgan. Uning yana bir jihati – qo‘shaloq kamera hatto «katta» Galaxy A8+’da ham yo‘q.

Yana bir narsani ta’kidlab o‘tamiz: oxirgi xabarlarga ko‘ra, Galaxy A6 hamda A6+ modellari ayrim mamlakatlar bozorlariga tegishlicha Galaxy J8 va J8+ nomlari bilan taqdim etilishi ham mumkin. To‘g‘ri, bu juda g‘alati, ammo haqiqatda shunday bo‘ladimi-yo‘qmi – hozircha noma’lum.

O‘QING: Galaxy A6 va Galaxy A6+: narxi va texnik jihatlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!