Hamma yoqda josuslar: Motorola OnePower tasviri anonsdan avval oshkor etildi

  •   Saroy
  •  1191
  •  20.08.2018 15:17

Hamma yoqda josuslar: Motorola OnePower tasviri anonsdan avval oshkor etildi

Tarmoqlarda Motorola OnePower smartfoni haqda renderlar, rasmlar va ayrim tafsilotlar bir necha bor ma’lum qilingan edi. Endi esa yangi qurilmaning “fotografiyasi” ham paydo bo‘ldi.

Smartfonning tashqi ko‘rinishi yaqinda namoyish qilingan Motorola P30’ga juda o‘xshab ketadi. Ammo undan farqli ravishda, yangi qurilmada shishali korpus emas, balki metall korpus bo‘ladi. Fotografiyada  ko‘ringanidek,  Motorola OnePower kengformatli  displeyga ega bo‘ladi. Qolaversa, uning ikkitalik kamerasi  vertikal joylashtirilgan hamda kompaniyaning logotipi tushirilgan barmoq izlari skaneri ham bor.

O‘QING:Motorola P30 smartfoni anonsiga bir kun qolganda oshkor etildi

Devays xalqaro bozorga Android One dasturi doirasida chiqariladi. Mish-mishlarga qaraganda, smartfon  6.18 dyuymli qirqmali displeyga ega bo‘ladi.  Uning formati 2246×1080 piksel va tomonlar nisbati 18.7 ga 9. Apparatning ishlashi  Snapdragon 636 chipi zimmasiga yuklatilgan, uning takt chastotasi 1.8 GGs.

Smartfon uchta modifikatsiyada sotuvga chiqariladi:  3/4/6 GB OZU va 32/64 GB PZU. Motorola OnePower shuningdek,   16 Mp + 5 Mp bo‘lgan asosiy kamera bilan jihozlanadi. U 8 Megapikselli old kamera hamda quvvat sig‘imi 5000 mAch bo‘lgan akkumulyator bilan ta’minlanadi, qolaversa tez quvvatlantirgich texnologiyasiga ham ega. Afsuski, qurilmaning anons sanasi va narxi haqida ma’lumot hozircha berilmayapti.

O‘QING:Motorola One smartfoni oq rangda namoyish qilindi