Hammasi iPhone XS va iPhone XS Max’ni deb

  •   Saroy
  •  1396
  •  20.09.2018 18:14

Hammasi iPhone XS va iPhone XS Max’ni deb

21 sentyabrdan boshlab dunyo bo‘ylab Apple’ning yangi flagmanlari erkin sotila boshlaydi. Ayni paytda, dunyoning turli burchagida joylashgan AQSh kompaniyasining rasmiy dukonlari oldida odamlar allaqachon turnaqator bo‘lib navbat olishmoqda. Zero, yangi iPhone’ni hammadan oldin qo‘lga kiritmoqchi bo‘lganlar har doim, hamma joyda topiladi.

Eslatib o‘tamiz, 12 sentyabrda  Apple kompaniyasi o‘zining bir yo‘la uchta flagman smartfonini namoyish qilgandi. Bular: iPhone XS va iPhone XS Max. Ular dizayni jihatdan  «eks-flagman» iPhone X’ni takrorlagan bo‘lsa-da, yangiliklari ham anchagina. Shuningdek, kompaniya o‘zining iPhone XR deb nomlangan «byudjetli flagman»nini ham namoyish etdi. U  LCD-ekran va bitta asosiy kamera bilan ta’minlangan. Ushbu apparat  bir oydan keyin sotuvga chiqishi kerak.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!