Hamyonbop, ammo yuz skanerli Galaxy J4+ smartfoni ham tayyor!

  •   DiMaX
  •  1925
  •  15.09.2018 13:16

Hamyonbop, ammo yuz skanerli Galaxy J4+ smartfoni ham tayyor!

AQShning Federal aloqa komissiyasi – FCC ma’lumotlar bazasida Samsung kompaniyasining hamyonbop Galaxy J turkumidagi yana bir smartfoni «qo‘lga tushdi». Model raqami SM-J415GN bo‘lgan ushbu devays bozorga Galaxy J4+ nomi bilan taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy J turkumida ikkita yangi smartfon, bittasining jihatlari ham ma’lum!

Yangi smartfon shu yil bahorda taqdim etilgan Galaxy J4 (2018) modelining yaxshilangan versiyasi bo‘lishi kutilmoqda. Unga tomonlari o‘zaro 18,5:9 nisbatli, diagonaliga 5,5 dyuymlik ekran o‘rnatiladi. Displeyning tasvir aniqligi HD formatida (1280x720 pikselli) bo‘lishi aytilgan.

FCC saytida e’lon qilingan tasvirlarga qaraganda, Galaxy J4+ old kamerasi foydalanuvchi yuzini tanish orqali tizim qulfini ochish funksiyasiga ega. Ikkita SIM-karta bilan ishlay oluvchi bu smartfonning barcha boshqaruv tugmachalari ekran ostida bo‘lishi ham eslab o‘tilgan.

FCC sertifikatsiyasidan o‘tganiga qaraganda, Samsung Galaxy J4+ modelining taqdimoti mana shu yoki keyingi chorakda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Janubiy koreyalik texnogigant shu kungacha bozorga chiqargan aksariyat rusumlardagi smartfonlar esa Terashop.uz internet-do‘konimizda sotilmoqda. Ular bilan tanishish, o‘zingizga ma’qul modelning xususiyatlarini ko‘rish va onlayn xarid qilish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan xarid qiling va SD-kartani sovg‘aga oling! (2018 yil 31 avgust)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!