Hamyonbop Galaxy J4+ va Galaxy J6+ ham sotuvga chiqdi, narxlari bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  19522
  •  25.09.2018 18:08

Hamyonbop Galaxy J4+ va Galaxy J6+ ham sotuvga chiqdi, narxlari bilan tanishing!

Janubiy koreyalik texnogigant o‘zining hamyonbop Galaxy J turkumini butunlay to‘xtatmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalyapti. Ammo o‘tgan hafta u shu seriyadagi ikkita qurilmasini namoyish etdi.

O‘QING: Samsung Galaxy J4+ va J6+: bir yo‘la ikkita arzon smartfon

Bugun – 25 sentyabr kuni esa shu ikki modeldagi smartfon ham Hindistonda sotuvga chiqdi. Kompaniya Galaxy J4+ rusumli qurilmasiga 150 AQSh dollariga teng narx belgilagan. Galaxy J6+ ham uncha qimmat emas – uning qiymati 220 dollarni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Galaxy J6+ keng formatli 6 dyuymli HD+ ekranga ega. Uning barmoq izi skaneri korpusning yon qirrasida joylashgan. Snapdragon 450 protsessori va 4 GB tezkor xotira bilan ishlovchi mazkur gadjet 64 gigabaytlik doimiy xotiraga ega. Uning bosh kamerasi qo‘shaloq (13 Mp + 5 Mp), batareyasining tok sig‘imi esa 3300 mA/soatga teng. Galaxy J4+ ham shunga o‘xshash xususiyatlarga ega, faqat kamerasi yakka modelli (13 Mp) va daktiloskopik datchigi yo‘q.

Afsuski, bu ikki smartfonning global bozorga qachon chiqarilishi hozircha ma’lum emas. Mazkur kompaniyaning aksariyat modellardagi smartfonlari esa o‘zimizning internet-do‘konimizda ham rasmiy kafolati bilan savdoga qo‘yilgan. Ularga onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan xarid qiling va SD-kartani sovg‘aga oling! (2018 yil 31 avgust)