Hamyonbop kamerofon – Galaxy M60 ilk «jonli» videoda!

  •   DiMaX
  •  1583
  •  10.07.2019 10:20

Hamyonbop kamerofon – Galaxy M60 ilk «jonli» videoda!

Samsung kompaniyasi hamyonbop smartfonlarning Galaxy M turkumida bir qator modellarni taqdim etib ulgurgan. Ushbu seriyaning hali rasman taqdim etilmagan navbatdagi vakili 48 megapiksellik kameraga ega bo‘ladi.

O‘QING: «Jonli» surat Galaxy M30s smartfonining boshqacha dizaynini fosh etdi!

Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy M60 tomchisimon kemtikli – Infinity-U ekranga hamda orqa panelda joylashgan daktiloskopga ega. Qo‘shaloq kamerasidagi asosiy modul – 48 megapiksellik Sony IMX586 datchigi, ikkinchi sensorning aniqligi esa 16 megapikselni tashkil etadi.

Ushbu smartfonni hindistonlik insayder allaqachon sinab ko‘rib, videosini YouTube-kanalida e’lon qilgan:

Shunisi ham borki, ayrim kuzatuvchilar ushbu videoni feyk deyishmoqda – unda ko‘rsatilgan smartfon Galaxy M60 emas, balki Realme 3 emish. Biroq xitoyliklarning mazkur modelida kamera fotochaqnog‘i qo‘shaloq modulning o‘rtasida emas, balki ostida joylashgan.

Galaxy M60 kamerofonining boshqa texnik xususiyatlari ham, taqdimot vaqti va narxi ham hozircha ma’lum emas. Allaqachon global bozorga chiqqan aksariyat Samsung telefonlarini esa 619 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da barcha Samsung smartfonlari arzonlashdi, oq Galaxy A50 va A70 keldi (2019 yil 9 iyul)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!