Hamyonbop Nokia 3 (2018) orqa panelini ilk «jonli» suratda ko‘ramiz

  •   DiMaX
  •  1035
  •  17.05.2018 16:12

Hamyonbop Nokia 3 (2018) orqa panelini ilk «jonli» suratda ko‘ramiz

Joriy yilning 29 may kuni Moskva shahrida HMD Global kompaniyasining tadbiri bo‘lib o‘tadi. Unda bir qator qurilmalar, jumladan, o‘tgan yili taqdim etilgan Nokia 3, Nokia 5 hamda Nokia 2 smartfonlarining yangilangan modellari namoyish etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Nokia 3 & Xiaomi Redmi Note 4: hamyonboplikda birinchilik uchun jang

Internetda taxminiy Nokia 3 (2018) smartfonining orqa paneli «jonli» aks ettirilgan fotosurat tarqaldi. Unga ko‘ra, HMD Global bu yilgi modelda kamida orqa panelni yangilaydi.

Ushbu panelning to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qattiq plastikdan yasalganiga qaraganda, bu aynan yangilangan Nokia 3 smartfoniga tegishli. Zero, Nokia 5 korpusi burchaklari biroz dumaloqlangan va chekkalari ham biroz egik.

Ko‘rib turganingizdek, Nokia 3 (2018) gadjetida kamera moduli, brendning keyingi paytlardagi boshqa smartfonlardagi kabi, tikkasiga biroz uzaytirilgan. Uning ostida esa barmoq izi skaneri joylashgan (original Nokia 3 modelida u yo‘q edi). Demak, yangilangan smartfonning old panelida joy ko‘proq qoladi va shuning evaziga ekrani kattaroq bo‘ladi.

Orqa paneldagi «Android One» logotipi mavjudligidan kelib chiqsak, bu yilgi Nokia 3 ham Google kompaniyasining «toza» Android tizimli dasturining bir qismi bo‘ladi.

HMD Global kompaniyasi arzon Nokia 3 (2018) modelidan tashqari, o‘rta narxli Nokia 5 (2018) smartfonini ham Rossiya poytaxtidagi anjumanida taqdim etishi kutilayotir.

O‘QING: Nokia yana bitta smartfon tayyorlayapti ekan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!