Haqiqiy iPhone’ning noyob nusxasi

  •   Saroy
  •  2114
  •  30.08.2018 11:39

Haqiqiy iPhone’ning noyob nusxasi

Apple’ning haqiqiy muxlislari iPhone’ning yangi modelini sabrsizlik bilan kutayotgan bir paytda, kolleksionerlar eBay savdosini kuzatish bilan ovora bo‘lmoqda. Chunki, savdoga kompaniya ishlab chiqargan eng birinchi smartfonning noyob muhandislik nusxasi qo‘yilgan.

O‘QING:Apple baribir iPhone SE 2’ni ham chiqaryapti – jami to‘rtta yangi ayfon!

Xitoy fabrikalarida 2017 yilda ishlab chiqarilgan seriyali  iPhone’dan farqli ularoq, suratdagi apparat Apple'ning Amerikadagi sexlarida qo‘lda tayyorlangan. U taxminan 2006 yilda paydo bo‘lgan edi va o‘sha vaqtda u Project Purple, degan kodli nomga ega edi. iPhone OS 1 standart operatsion tizim o‘rniga smartfonda maxsus OS X i Earthbound versiyali dasturiy ta’minot o‘rnatilgan — kelgusi mobil platforma prototipi. Undan qo‘ng‘iroq qilib bo‘lmasa kerak.

O‘QING:Apple’ning keyingi ikki yildagi eng xaridorgir gadjetlari aniqlandi – bu iPhone ham, iPad ham emas

Tajriba nusxaning og‘irligi144.5 gramm. U oxirgi versiyasidan 10 gramm og‘irroq, ayrim ichki komponentlari, masalan akkumulyator va Wi-Fi adapteri ham farqlanadi. Orqa panelida «Ver 1.1.1»  va radiodiapazon haqida ma’lumotlar o‘yib yozilgan. O‘zini 321dady, deb tanishtirgan sotuvchining ta’kidlashicha, bunday nusxadagi apparat atigi bir nechta.

Smartfon hozir  auksionga qo‘yilgan, u 7 sentyabrda tomom bo‘ladi (agar Apple sotuvga halaqit bermasa, albatta). Ayni paytda lot narxi 13 ming dollarga chiqdi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!