Harvard talabasi Apple'ning muxlislarga nisbatan xiyonatini fosh qildi

Harvard talabasi Apple'ning muxlislarga nisbatan xiyonatini fosh qildi

Apple yangi ayfon taqdimotidan so‘ng har gal eski devayslarining ishlash tezligini sezilarli ravishda pasaytirib qo‘yadi. Buning bosh omili esa ayfon ishqibozlarini yangi gadjetlardan olishga majbur qilishdir. Yirik IT-ishlab chiqaruvchisining bu nomaqbul xatti-harakati Harvard universiteti tadqiqotchisi tomonidan fosh qilindi.

"Ishlab chiqarilayotgan millionlab yangi ayfonlarni tezroq sotish uchun ham Apple kompaniyasi iPhone'ning eski modellaridagi platforma samaradorligini sun’iy ravishda pasaytirib qo‘yadi", deyiladi materialda.

Apple ixlosmandlari yangi ayfon taqdimoti arafasida ularning qo‘llaridagi ayfon modelining ishlash sur’ati sekinlashib qolganini darrov payqaydilar. Biroq, bunda kompaniyaning qo‘li borligini xayollariga ham keltirmaydilar.

Misol uchun, yangi iPhone taqdimoti arafasida Google tizimida ingliz tilida berilgan so‘rovlar orasida eng ko‘p "iPhone slow", "iPhone sekinlashib qoldi" savoli berilgan. Buni "Google Trend"da ham ko‘rish mumkin.

Buni quyidagi diagramma ham isbot qiladi:

Bu tadqiqotni o‘tkazish bo‘yicha tashabbus universitetda doktorantura yo‘nalishida tahsil olayotgan Laura Trukko tomonidan ilgari surilgan. Shuningdek, bu qiz solishtirib ko‘rish uchun «Samsung Galaxy slow», ya’ni "Samsung Galaxy sekinlashib qoldi" so‘rovi bo‘yicha ham natijalarni tekshirib ko‘rgan. Ma’lum bo‘lishicha, Samsung smartfonlari taqdimoti arafasida bunday savol yoki muammolar kuzatilmagan. 

Quyida «Samsung Galaxy slow» so‘rovi bo‘yicha diagramma:

Tadqiqotchilar bu vaqtga qadar ham Apple shu orqali savdo ko‘lamini ko‘paytirish payida bo‘lganini aytib kelishgan. Biroq, mana endi bu qilmishni isbot qiladigan dalil bor. Jahon miqyosida juda tez tarqalgan xabar ijtimoiy tarmoqlarda ayfon foydalanuvchilari tomonidan ijobiy qabul qilingan va tasdiqlangan. Ba’zi foydalanuvchilar bu xatti-harakatni xiyonat deb baholab, jinoyat darajasiga tenglashtirishgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!