Hatto shriftlar ham Rossiyani tark etdi

Hatto shriftlar ham Rossiyani tark etdi

Times New Roman, Arial, Verdana, Tahoma va Helvetica shriftlariga egalik qiluvchi Amerikaning Monotype kompaniyasi rossiyalik foydalanuvchilar uchun o‘z kutubxonasiga kirishni taqiqlab qo‘ydi. Kompaniya bu mavzuda hech qanday rasmiy bayonot chiqarmagan. Rossiyalik IT kompaniyaning Vedomosti nashriga ma’lum qilishicha, Monotype shriftlari kutubxonasi Rossiya foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘lmay qolganligi 11-aprel kuni aniqlangan, lekin taqiq bir necha kun oldin qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.



Hozirda Monotype rasmiy veb-sayti Rossiyada ishlamoqda, lekin uning shriftlari katalogi mavjud bo‘lgan saytga Rossiya IP adresi bilan kirish imkonsiz bo‘lib qolgan, lekin VPN dasturlari bilan buning iloji bor. Biroq, bu yo‘lni oxiri emas, huquqshunoslarning ma’lum qilishicha shriftlar katalogiga kirishning taqiqlanishi shriftlardan foydalanish taqiqlanganini anglatmaydi, shunday ekan rossiyaliklar hali ham shriftlardan foydalanishlari mumkin. Ammo, kelajakda ulardan foydalanish to‘liq taqiqlanishi ehtimolligi ham yo‘q emas.

O‘QING: "Mehribonlik va xavfsizlikni rivojlantirishning yangi usullari"