HMD Global Nokia smartfonlaridagi kameralarning standart ilovalarini yangiladi

  •   Saroy
  •  1226
  •  23.08.2018 11:27

HMD Global  Nokia smartfonlaridagi kameralarning standart ilovalarini yangiladi

HMD Global kompaniyasi  Nokia smartfonlari uchun  kameralarning yirik yangilangan  ilovasini taqdim etdi.

XDA nashrining tarqatgan xabarida aytilishicha, yangilanish bilan 90.0.1123.20 versiyasi ta’minlangan va u 247 MB’ga ega. Uning interfeysi toliq o‘zgarishni boshdan kechirdi. Bundan tashqari, dasturchilar  uni Motion Stills funksiyasi bilan boyitdi. Bundan ko‘zlangan g‘oya shundan iboratki, suratga olishgacha va olingandan keyin fragmentlardan GIF-tasvirini chiqarish. Shuningdek, endi kamera ilovasida  Google Lens bilan vkladka ham mavjud. Uni boshqa ishlab chiqaruvchilar ham allaqachon joriy qilgan. Masalan, OnePlus va Motorola.

O‘QING:«Eng kutilayotgan smartfon» Nokia 9 emas ekan, kompaniya unda olingan qoyilmaqom suratlarni tarqatdi!

Yangi versiyadagi ilovalar Nokia 6.1 Plus va Nokia 5.1 Plus  smartfonlariga o‘rnatildi. Shuningdek, yangi ilovalar bilan Nokia 7 Plus va Nokia 8 Sirocco ham ta’minlangan. Yaqin kunlarda ularning safi yana kengayishi haqida ma’lumotlar ham bor.

O‘QING:Nokia eng kutilgan flagmanini keyingi haftada taqdim etyapti!

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.