Hojatxona tozalovchi «aqlli» robot yaratildi (+video)

  •   DiMaX
  •  551
  •  22.11.2018 10:13

Hojatxona tozalovchi «aqlli» robot yaratildi (+video)

Yaponiyada kuni kecha World Robot Summit 2018 ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Unda taqdim etilgan qiziq gadjetlardan biri aynan hojatxonalarni tozalashga moslashtirilgan robot bo‘ldi.

O‘QING: Xuddi Terminatordagidek: xitoylik olimlar suyuq robot yaratishdi

Ushbu robotni Germaniyaning Koblens-Landau universiteti muhandislar jamoasi yaratgan. Robotning asosini PAL Robotics tomonidan tayyorlangan TIAGo platformasi tashkil etadi.

«Farrosh» robot buyumlarni ushlashga moslangan maxsus «qo‘l»larga ega. Uning «bosh»ida esa atrofidagi ob’yektlar va kishilarni aniqlash uchun RGB-D kamera mavjud. Shuningdek, u nutqni anglash uchun mikrofon hamda xonada harakatlanish uchun yurish mexanizmi bilan ham ta’minlangan.

Mana, uni quyidagi videolavhada tomosha qiling:

Robot unitazni o‘zi topib, unga yetib boradi, o‘tirg‘ichni va atrofidagi polni tozalaydi. Yerga tushgan qog‘oz parchalarini terib oladi, oxirida esa polni yuvib qo‘yadi.

O‘QING: Buxoroda robot davlat xizmatlari haqida ma’lumot bermoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.