Honor’dan ulkan smartfon: 6,9-dyuymli S-AMOLED-ekrani bilan

  •   Saroy
  •  795
  •  30.06.2018 12:09

Honor’dan ulkan smartfon:  6,9-dyuymli S-AMOLED-ekrani bilan

Yaqinda tarqalgan mish-mishlar Huawei’ning hajmi 6,9 dyuym bo‘lgan  Samsung Displayli ulkan  Super AMOLED-paneliga byurtma berganini tasdiqladi. Kutilishicha, oktyabr oyida taqdimoti kutilayotgan Mate 20 Pro 6,9-dyuymli displey bilan ta’minlanishi mumkin. Ammo, paydo bo‘lgan suratlarda ushbu ulkan ekran  Honor’ning notanish qurilmasida ishlatilishidan guvohlik berib turibdi, u Ravel kod nomi bilan taqdim etilgan.

O‘QING: Ekspertlar eng foydali smartfonni aniqlashdi

Ma’lum bo‘lishicha, ekran  Note qurilmalari lineykasiga mo‘ljallangan, ya’ni Honor Note 9 yoki 10 modeliga. O‘tgan haftada Honor pirezidenti  Jorj Chjao Weibo nashriga bergan intervyusida ta’kidlashicha, u  Honor 10’dan foydalanadi.  

Bo‘lg‘usi smartfon Honor Note’ning tavsifi haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Lekin qurilma flagman bo‘lishi kutilmoqda va qimmat Kirin 970 chipi bilan ta’minlanadi. Yaqinda Huawei  Honor Play va Honor 9i smartfonlarini sotuvga chiqargandi, ular GPU Turbo texnologiyasi bilan ta’minlangan. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, Honor Note ham ushbu texnologiya bilan ta’minlanishi mumkin.  

O‘QING: Ofarin! Huawei liderga aylandi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!