Honor Note 10 maxsus Rolls Royce Design’ga ega bo‘ladi

  •   Saroy
  •  874
  •  16.07.2018 14:02

Honor Note 10 maxsus Rolls Royce Design’ga ega bo‘ladi

Huawei kompaniyasi yangi Honor Note 10 fabletini sotuvga chiqarayotgani haqda avval ma’lum qilingandi. Yangi qurilmaning taqdimoti iyul bilan avgust oralig‘ida belgilangan. Endi esa smartfon bir nechta versiyada chiqishi haqida ham xabar tarqaldi.

Ularning biri eksklyuziv Honor Note 10 Rolls Royce Design bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Huawei  Porsche Design modifikatsiyasini ham ishlab chiqarayotgani haqda ma’lum qilingandi. Shunday ekan, nega endi Rolls Royce bilan hamkorlikda gadjet chiqarmasligi kerak ekan?

O‘QING:Huawei’ning ishi besh: ikki oyda 3 million dona Honor 10 sotildi

Tarmoqlarda paydo bo‘lgan rasmda Rolls Royce logotipi bor  va usti shishadek silliq flagmanni ko‘rish mumkin. Ammo, mazkur  qurilma cheklangan nusxada ishlab chiqarilishi mumkin. Narxining qimmatliligiga qaragangda, u katta sig‘imda xotiraga va yanada yaxshilangan komplektatsiyaga ega bo‘ladi.

Honor Note 10 qurilmasi 6,9 dyumli ekran, Kirin 970 protsessori, 8 GB tezkor xotira va 128 GB ichki xotiraga ega bo‘ladi. Shuningdek, u 12 megapikselli qo‘sh kamera hamda sig‘imi 6000 mAch bo‘lgan akkumulyator bilan ta’minlanadi. Qurilma OS Android 8.1 Oreo tizimida ishlaydi.

O‘QING:Super Charge tezkor quvvatlantirgich sertifikatsiyadan o‘tdi