Honor Note 9 ekran hajmi bo‘yicha Samsung Galaxy S10+ ustidan kulmoqchi

  •   Saroy
  •  1254
  •  02.07.2018 16:30

Honor Note 9 ekran hajmi bo‘yicha  Samsung Galaxy S10+  ustidan kulmoqchi

Yaqinda Samsung Galaxy S10+  6,44-dyuymli ekranga ega bo‘lishini hamda bu, Samsung flagmanlari orasida eng katta razmer hisoblanishini yozgandik.  Lekin chamasi, Huawei ham Honor brendi ostida o‘zining ulkan smartfonini tayyorlamoqda va uning displeyi  Samsung Galaxy S10+‘ nikidan ham katta bo‘lishi kutilmoqda.

Bundan oldin Huawei Samsung Display’ga 6,9-dyuymli displey uchun byurtma berganini yozgandik. Dastavval  uni Huawei Mate 20 Pro deb atagandik, endi esa Xitoy manbalari uni  Honor Note lineykasining to‘qqizinchi avlodiga mansub bo‘ladi, deb aytishmoqda.

O‘QING: Huawei nechta P9 va P9 Plus sotilganini aytdi

Honor Note 9 (ehtimol Honor 10 Plus’dir)ning kod nomi Ravel bo‘ldi. Kutilishicha, unda 6,9-dyuymli Super AMOLED-ekran,  Kirin 970 protsessori, EMUI 8.1 qobiqli va GPU Turbo texnologiyasiga ega Android 8.1 Oreo operatsion tizimi  bo‘ladi.

Fabletning rasmiy taqdimoti  shu yilning iyul—avgust oyiga mo‘ljallangan. Xabarda ta’kidlanishicha, Huawei ushbu qurilmasini chiqarishni shundog‘am anchayin cho‘zib yubordi, chunki Honor Note 8  2016 yilda chiqqan edi, ya’ni ikki yil o‘tib ketdi.

O‘QING: Mashhur insayder Huawei P20 flagmanlarining dizaynini to‘liq fosh etdi!

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!