Hozir qaysi dasturlash tillari eng ommabop? (2021 yil aprel)

  •   DiMaX
  •  3707
  •  12.04.2021 12:49

Hozir qaysi dasturlash tillari eng ommabop? (2021 yil aprel)

Biz avvalroq turli platformalar uchun qaysi dasturlash tillari ishlatilishi haqida maqola e’lon qilgan edik. Tiobe dasturchilar hamjamiyati esa 2021 yilning aprel oyi holatiga ko‘ra tillarning ommabopligi reytingini taqdim etdi.

O‘QING: Dasturchi bo‘lishning 6 yo‘li

Java tili o‘zining 5,49% ulushini yo‘qotib, ikkinchi o‘ringa tushib qolgan. Birinchi o‘ringa esa ellik yildan buyon ommabopligini yo‘qotmay kelayotgan S dasturlash tili chiqib olgan.

Ko‘rib turganingizdek, uchli uchlikni 2020 yilning eng yaxshi dasturlash tili deya e’tirof etilgan Python yakunlab bermoqda.

O‘QING: 81 yoshli yaponiyalik onaxon iPhone uchun dastur ishlab chiqdi

Ro‘yxatga nazar solib, qiziq holatga guvoh bo‘lish mumkin: o‘tgan asrning 50-yillari oxirida yaratilgan Fortran dasturlash tili kutilmaganda yana ommalasha boshlagan – yigirmata nomdan iborat ushbu ro‘yxatga kirib olgan. Tiobe vakillari buni ilmiy hisob-kitoblarga bo‘lgan talabning o‘sgani bilan bog‘lashmoqda.

IBM tomonidan yaratilgan Fortran dunyoda birinchi tijoriy dasturlash tili bo‘lib, assemblera tiliga muqobil sifatida maydonga tushgan. 2002 yili u ommaboplik reytingida 10-o‘ringa chiqqan, lekin shundan so‘ng urfdan qolib, yaqinlargacha 34-o‘rinda edi.

Java virtual mashinasi (JVM)da ishlovchi Groovy dasturlash tilining ham ommabopligi oshib bormoqda. O‘tgan bir yil mobaynida u 48-o‘rindan 17-pog‘onagacha ko‘tarilib olgan.

Objective-C dasturlash tili esa eng ommaboplar yigirmataligini tark etgan.

O‘QING: Farrosh, qorovul, choy tarqatuvchi... O‘zbekistonda kimlar IT-mutaxassisdan IKKI KARRA KO‘P maosh oladi?

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!