HTC Exodus 1: ilk kriptovalyutali smartfon namoyish etildi

  •   Saroy
  •  581
  •  23.10.2018 16:44

HTC Exodus 1: ilk kriptovalyutali smartfon namoyish etildi

Yangi smartfonga buyurtmalar qabul qilinishi boshlandi. Qurilma «OS Android yopiq bo‘lgan», himoyalanuvchi hududda maxsus hamyonga ham ega. Bu yerda kriptovalyutangiz yoki tokenlaringiz, masalan,  CryptoKitties uchun kalitlar saqlanadi.

Smartfon ilk bor may oyida kompaniyaning eng qiziqarli loyihalaridan biri sifatida ma’lum qilingandi. Kutilishicha, har bir Exodus smartfoni tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida savdoni osonlashtirish uchun tugun vazifasini bajaradi. Biroq, yangi qurilma hozircha hali hech narsani taklif etayotgani yo‘q.  Exodus 1 kriptolarni saqlash uchun maxsus himoyalangan hududga ega.

Agar kalitlar yo‘qolsa yoki smartfon o‘g‘irlansa HTC kompaniyasi ularni tiklash uchun maxsus mexanizm yaratdi. Ma’lumotlar do‘stlaringiz o‘rtasida taqsimlanadi, ular esa ilovalar yordamida qayta tiklashga yordam beradi. Platforma chekka dasturchilar uchun ham ochiq qoldirilgan. Bu esa ularga ham o‘zlarining ilovalarini va hamyonlarini yaratish imkonini beradi.

O‘QING: Katta qizil tugma: vaziyat keskinlashganda hamma kriptovalyutani bir zumda sotish mumkin

Exodus 1  6-dyuymli, tomonlar nisbati  18:9 bo‘lgan HD + displeyiga ega bo‘ldi. Asosiy qo‘sh kamera 16 MP bo‘lgan sensordan iborat. Qolaversa, selfi uchun  8 MP bo‘lgan kamera ham bor. Smartfon 60 FPS’da 4K bo‘lgan to‘liq ekranli videoni yozib olish imkoniga ega. Shularning barchasi Snapdragon 845 chipida ishlaydi. Qurilmaning tezkor xotirasi 6 GB, ichki xotirasi esa 128 GB. Batareya sig‘imi 3500 mAch. Gadjet Android Oreo boshqaruvida ishlaydi.

Noodatiy smartfonning narxi 0,15 BTC yoki 4,78 ETH. Bu ekvivalenti bo‘yicha 960 dollarga teng. Uni kriptovalyutaga ham sotib olsa bo‘ladi. Exodus 1 dekabrdan boshlab dunyoning 34 ta mamlakati va mintaqalarida sotila boshlaydi.

O‘QING: Kelajak bitkoini: dunyodagi eng tezkor kriptovalyuta namoyish qilindi