HTC kutilmaganda birdaniga ikkita smartfon taqdim etdi (+videolar)

  •   DiMaX
  •  1339
  •  16.06.2020 18:09

HTC kutilmaganda birdaniga ikkita smartfon taqdim etdi (+videolar)

Bir necha yil avval smartfon bozoridan chiqib ketgan HTC kompaniyasi o‘tgan yilning 11 iyunida Desire 19+ hamda U19e modellarini namoyish qilgan edi. Oradan bir yil o‘tib, tayvanlik kompaniya yana ikkita smartfoni bilan o‘zini eslatib qo‘ydi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (24-hafta)

Bulardan birinchisi ilg‘or HTC Desire U20 5G modeli bo‘lib, u ulkan – 6,8 dyuymlik IPS-ekranga ega. Tomonlari o‘zaro 20:9 nisbatli displeyning tasvir aniqligi FHD+ formatida. Ekranning pastki romi katta; yuqori chap burchagida esa 32 megapiksellik old kamera uchun o‘yiq bor.

Desire U20 5G smartfonining «elektron yuragi» – flagman bo‘lmasa-da, beshinchi avlod uyali aloq standartini qo‘llovchi Qualcomm Snapdragon 765G protsessoridir. Smartfonning tezkor/ichki xotirasi tegishlicha 8/256 gigabaytlik hajmga ega. Uning yana bir afzalligi – naq 5000 mA/soatlik akkumulyatori bo‘lib, USB-C porti orqali Quick Charge 4.0 texnologiyasi asosida 18 vattlik tezkor quvvatlanadi.

Yangi smartfonning bosh kamerasidagi bosh sensor 48 megapiksellik. Ikkinchi – 8 megapiksellik modul keng burchakli (118 darajali ko‘rish burchagiga ega) optika bilan taqdim etilgan. Yana har biri 2 megapiksellik chuqurlik sensori va makrokamera ham bor.

Android 10 operatsion tizimli Desire U20 5G barmoq izi skaneri orqa panelda joylashgan. Uni yana Dual GPS, Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, Bluetooth 5.0 hamda NFC-modul bilan ta’minlashgan va Tayvanda yaqin orada 640 dollardan sota boshlashadi.

O‘QING: Snapdragon 865+ va 16 GB «operativka»li bu geymerofon AnTuTu’da jahon rekordini yangiladi! (+ ilk «jonli» rasmlar)

HTC namoyish etgan ikkinchi yangi smartfon Desire 20 Pro deb nomlangan bo‘lib, u ham birinchisi kabi dizaynga ega. Farqlariga kelsak, bunisining FHD+ displeyi 6,5 dyuymlik, protsessori ham bundayroq – Qualcomm Snapdragon 665 chipseti.

HTC Desire 20 Pro modelining tezkor/doimiy xotirasi ham kamroq – tegishlicha 6/128 gigabaytlik. Unda kompaniya Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llagan va quloqchin tirqishi qo‘shgan. Qolgan xususiyatlari esa HTC Desire U20 modeli bilan bir xil. Kompaniya bu smartfoniga 300 dollarga teng narx belgilagan.

O‘QING: Android 11 uchun Google nimalarni iOS’dan olgan?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!