HTC metaolamga qaratilgan yangi smartfonni taqdim qildi

HTC metaolamga qaratilgan yangi smartfonni taqdim qildi

Va’da qilganidek, HTC kompaniyasi bugun o‘zining yangi smartfoni, Desire 22 Pro smartfonini taqdim qildi. Model o‘tgan yilgi Desire 21 Pro davomchisi bo‘lib, u kompaniya anchadan beri kapitallashtirishga harakat qilayotgan metaolamga qaratilgan. Ta’kidlanishicha, smartfon HTC yaqinda taqdim qilgan Vive Flow VR ko‘zoynagi uchun ajoyib "o‘rtoq" bo‘la oladi va NFT kabi kripto aktivlarini boshqarish uchun Vive Wallet raqamli hamyonini, shuningdek, virtual avatarlarni yaratish uchun Vive Avatar ilovalarini o‘z ichiga oladi.

Desire 22 Pro o‘rta darajadagi smartfoni Corning Gorilla Glass bilan himoyalangan 6.6 dyuymli, Full HD+, 120Hz yangilanish tezligiga ega displeyga ega va ekranning chap yuqori burchagida 32 megapikselli (f/2.0) selfi kamerasi joylashgan. Orqasiga vertikal o‘rnatilgan uchlik kameralarning asosiysi 64MP (f/1.79), ultra-keng kamerasi 13 MP (f/2.4 ) va chuqurlik kamerasi 5MP(f/2.4) sensori, shu bilan birga, LED chiroq bilan jihozlangan. Yon tomonida esa barmoq izini skanerlaydigan sensor ham o‘rnatilgan.

Ichkarida mobil qurilma Snapdragon 695 chipseti bilan 8GB RAM va 128GB xotiraga ega. Uning 4,520 mAh batareyasi 18W tezlikda USB-C porti orqali simli zaryadlana oladi va shu bilan birga, simsiz zaryadlanish yoki aksincha, simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Android 12 operatsion tizimida ishlaydigan telefon IP67 darajasidagi chang va suvdan himoya sertifikatiga ega. Shunindek, smartfonda xotirani ko‘paytirish microSD karta uchun uya ham mavjud. 166.3 x 76.9 x 9.4 mm o‘lchamdagi va 205.5 gram og‘irlikdagi qora yoki oltin rangdagi Desire 22 Pro smartfoni uchun £399.00 narxda Buyuk Britaniyada oldindan buyurtma berish boshlangan, uni yetkazib berish esa avgust oyidan boshlanadi.

O‘QING: Xiaomi 12S seriyasi rasman qachon taqdim qilinishi ma’lum qilindi

 
 
 
 
Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!