Huawei 200 millionlik rekord o‘rnatib, buni ikkita maxsus smartfon chiqarish bilan nishonlayapti!

  •   DiMaX
  •  937
  •  25.12.2018 18:23

Huawei 200 millionlik rekord o‘rnatib, buni ikkita maxsus smartfon chiqarish bilan nishonlayapti!

Xitoylik texnogigant 2018 yilning o‘zidayoq 200 million smartfon sotishni reja qilayotganini joriy yilning yozida aytgandi. Kuni kecha – 24 dekabrdayoq u mazkur reja muddatidan avval bajarilganligini e’lon qildi.

O‘QING: Bryus Li rasman xabar qildi: Huawei kompaniyasi Android o‘rniga Kirin OS’ni tayyorlayapti!

Huawei ushbu rekordini tarixga muhrlab qo‘yish uchun Mate 20 Pro hamda Nova 4 modellarining maxsus – Commemorative Edition versiyalarini chiqarmoqda. Korporatsiyaning mobil qurilmalar bo‘linmasi prezidenti Xi Geng (He Gang) so‘zlariga ko‘ra, «muhrli» versiyadagi smartfonlarning orqa panelida maxsus gravirovka bo‘ladi. Ya’ni, ularga ikkita yulduzcha hamda «200 Million Huawei Mobile 2018» yozuvi o‘yib yoziladi.

Huawei Mate 20 Pro Commemorative Edition versiyasi yashil korpusda, 8/256 gigabaytlik xotiraga ega talqinda taqdim etiladi. Nova 4 Commemorative Edition korpusi esa qizil bo‘lib, tezkor/doimiy xotirasi 8/128 gigabaytlik hajmda bo‘lishi aytilgan.

Mazkur ikkita smartfon Xitoyda kelasi yilning ilk kuni – 1 yanvardanoq sotuvga chiqadi. Ularning narxi ham, boshqa mamlakatlar bozoriga yetkazib berilishi ham hozircha noma’lum. Lekin Huawei’ning aksariyat smartfonlarini 890 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Huawei smartfonlari narxlari (2018 yil 24 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!