Huawei 2018 yilning yarmigacha 100 millionta smartfon sotdi

  •   Saroy
  •  1163
  •  19.07.2018 17:23

Huawei 2018 yilning yarmigacha 100 millionta smartfon sotdi

Nova 3 va Nova 3i  smartfonlari taqdimoti paytida Huawei'ning istemol biznesi bo‘yicha rahbari  Richard Yu (Richard Yu)  o‘tgan olti  oy davomida kompaniya sotgan smartfonlar soni 100 million donadan oshganini ma’lum qildi.

O‘QING:Huawei P20 — O‘zbekistondagi kuchli kamerafon

Huawei keyingi yillarda sotuv ko‘rsatkichlarini jadallik bilan oshirib bormoqda. 2015 yilda Xitoy giganti 100 millionlik chegaradan dekabr oyida o‘tgandi. 2016 yilda bu chegaradan oktyabrda o‘tildi, o‘tgan yili esa yuz millioninchi smartfon 12 sentyabrda o‘z xaridorini topdi. Bu yil kompaniya  2018 yilda sotilishi rejalashtirilgan 200 millionta smartfonning yarmini sotibbo‘ldi. Qolgan 100 millionta smartfonni sotishga ham imkoniyat yetarli, ayniqsa kuzda Mate 20 oilasiga mansub flagmanlarining taqdimotini hisobga oladigan bo‘lsak.

O‘QING:Diqqat! Huawei telefonlari egalarini 10 000 yevro kutmoqda

Kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha,   Huawei’ning  P20/P20 Pro (Lite’siz versiyasi) flagmanlari sotuvi avvalgi  avlodlari bilan taqqoslaganda 81 foizga o‘sgan.  Shuningdek, Honor erishayotgan muvaffaqiyatni ham hisobdan chiqarmaslik kerak. O‘tgan yarim yilda ushbu brend ostida taqdim etilayotgan  qurilmalarning  savdosi xalqaro bozorda 150 foizga ortgan.

O‘QING:Huawei’ning ishi besh: ikki oyda 3 million dona Honor 10 sotildi

Yaqin bir necha yilda Huawei kompaniyasi smartfon sotish bo‘yicha Apple’ni quvib o‘tib, Samsung’dan keyin ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olishi mumkinligi aytilmoqda.

 

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.