Huawei birato‘la 14 xil smartfoniga EMUI 10 qobiqli Android 10 tarqatyapti: ro‘yxat va o‘zgarishlar

  •   DiMaX
  •  1241
  •  20.12.2019 11:01

Huawei birato‘la 14 xil smartfoniga EMUI 10 qobiqli Android 10 tarqatyapti: ro‘yxat va o‘zgarishlar

Xitoylik texnogigant yaqinda o‘zining Huawei P30 hamda P30 Pro, Nova 5T va Mate 20X smartfonlari uchun EMUI 10 grafik qobiqli proshivkani taqdim etgandi. Android 10 bazasidagi ushbu yangilanish endi biryo‘la o‘n to‘rtta modelga ham tarqatilmoqda.

O‘QING: DxOMark taxtidan Mate 30 Pro va Mi CC9 Pro’ni ag‘dargan yangi qirol! (+video)

Yangi proshivkani qabul qiladigan smartfonlar ro‘yxati quyidagicha:

  1. Huawei Mate 20 X 5G
  2. Huawei Mate RS Porsche Design
  3. Huawei Mate 10 Porsche Design
  4. Huawei Mate 10 Pro
  5. Huawei Mate 10
  6. Huawei P20
  7. Huawei P20 Pro
  8. Huawei nova 4e
  9. Huawei Enjoy 10 Plus
  10. Huawei Enjoy 9S
  11. Huawei P Smart+ 2019
  12. Huawei Mate 20 Lite
  13. Huawei Honor 20i
  14. Huawei Honor 10 Lite

Kompaniya ushbu yangilanishni hozircha Xitoydagi smartfonlariga tarqatmoqda, tez orada ushbu modellar uchun Android 10 bazasidagi barqaror global EMUI 10 proshivkasini ham uzata boshlaydi.

O‘QING: "Apple, chetga o‘t!": Huawei yangi flagman taqdim etdi (+fotogalereya)

EMUI 10 grafik qobig‘i talqinining asosiy o‘ziga xosligi – qayta ishlangan dizayn bo‘lib, kompaniya uni «jurnal uslubidagi vizualizatsiya» demoqda. Dizaynerlar barcha belgichalarni o‘zgartirishgan va yangi interfeys mavzularini qo‘shishgan, jumladan – hozir trendda bo‘lgan tungi rejimni ham. Foydalanuvchilar endi qurilma bloklangan holatda turganida Always On Display opsiyasi orqali ekranda aks etuvchi bildirishnomalarni o‘zlari sozlay oladilar.

Bildirishnomalar «shtorka»si ham o‘zgargan, uning anmatsiyasi silliqlashtirilgan. Interfeys bilan ishlash uyg‘unlashtirilgan, ishoralar orqali boshqaruv tizimiga yangilari qo‘shilgan.

O‘QING: Huawei nega kurakda turmaydigan so‘zlar bilan Apple’ni haqoratladi?

EMUI 10 foydalanuvchini yangicha «Kamera» ilovasi bilan qarshi oladi uning interfeysi vizual jihatdan «yengilroq» qilingan. Neyron tarmoqlarining faol qo‘llanishi evaziga grafik qobiq ishi ancha tezlashgan.

Undagi eng muhim yangi funksiyalardan biri esa Distributed Virtual Bus texnologiyasidir. Uning sharofati bilan Android 10 boshqaruvi ostidagi gadjetlar o‘zaro ma’lumot almashish uchun kabelsiz, bevosita bog‘lana oladilar.

O‘QING: Huawei ham qo‘l qovushtirib o‘tirgani yo‘q — Amerikaga qarshi urush e’lon qildi