Huawei hamyonbop P Smart (2019) smartfonini taqdim qildi

  •   DiMaX
  •  4608
  •  29.12.2018 16:06

Huawei hamyonbop P Smart (2019) smartfonini taqdim qildi

Xitoylik texnogigant kuni kecha 2018 yildagi eng so‘nggi taqdimotini o‘tkazdi. Ya’ni, u qo‘sh kamerali Huawei P Smart (2019) smartfonini rasman namoyish qildi.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan hamyonbop Huawei P Smart (2019) kamerofonini har tomonlama tomosha qilamiz!

Ushbu model texnik xususiyatlari haqidagi avval tarqalgan ma’lumotlar tasdiqlandi. Ya’ni, Huawei P Smart (2019) smartfoni HiSilicon Kirin 710 protsessoriga tayangan. Uning diagonaliga 6,21 dyuymlik ekrani 2340x1080 piksellik tasvir aniqligiga ega. Korpusining o‘lchamlari 155,2x73,4x8,0 millimetrga, vazni esa 160 grammga teng.

Huawei P Smart (2019) asosiy kamerasi 13 va 2 megapiksellik datchiklarni o‘z ichiga olgan va unga «sun’iy idrok» joriy etilgan. Orqa panelda yana bbarmoq izi skaneriga ham ko‘zimiz tushadi.

O‘QING: 2018 yil yakunlari: Huawei baribir Apple’ni ortda qoldirdi!

Qurilma displeyining tepa qismidagi «kemtik»ka esa 8 megapiksellik old kamera datchigi joylashgan.

Ushbu modelning tezkor xotirasi 3 GB, doimiysi esa 64 GB hajmga ega, yana microSD formatli xotira kartasini qo‘yish mumkin. Smartfon ikkita SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi, unda 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 ac (2.4GHz + 5GHz), Bluetooth 4.2 LE, GPS+GLONASS texnologiyalari mavjud.

Huawei P Smart (2019) xaridorlarga qora hamda moviy gradiyent tusli korpuslarda taqdim etiladi. Smartfonning savdosi 2 yanvardan boshlanadi, unga 250 yevro miqdorida narx belgilangan. Mazkur devays O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi borasida hozircha ma’lumot yo‘q, lekin kompaniyaning ayrim rusumlardagi smartfonlarini 890 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Huawei smartfonlari narxlari (2018 yil 24 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!