Huawei kompaniyasi 30 dan oshiq modellardagi eski smartfonlar xotirasini kengaytira boshladi

  •   DiMaX
  •  563
  •  31.07.2021 15:51

Huawei kompaniyasi 30 dan oshiq modellardagi eski smartfonlar xotirasini kengaytira boshladi

Xitoylik texnogigant o‘zining nisbatan eski rusumlardagi ayrim smartfonlarining ichki xotirasini kengaytirish dasturini e’lon qildi. Bu zizmatni Huawei servis markazlarida ko‘rsatishmoqda, ammo tekingga emas – 57 AQSh dollariga teng narxda.

O‘QING: Xizmat ko‘rsatish markazlarida sizni qanday qilib laqillatishadi?

Bunda, birinchi navbatda, smartfonning xotirasida Harmony OS operatsion tizimi uchun joy ochish ko‘zda tutilgan. Doimiy xotirani kengaytirish dasturida ishtirok etuvchi modellar uchun muayyan grafik amal qiladi.

Jadvalga ko‘ra, hozir mana bu rusumlardagi smartfonlarning xotirasini kengaytirib va Harmony OS o‘rnatib berishyapti:

  • Huawei Mate 9 turkumi
  • Huawei Mate 10 turkumi
  • Huawei Mate RS turkumi
  • Huawei Mate 20 turkumi
  • Huawei Mate 30 turkumi
  • Huawei P10 turkumi
  • Huawei P20 turkumi
  • Huawei P30 turkumi

Avgustdan boshlab to shu yilning dekabrigacha mazkur dasturga yana quyidagi qurilmalar ham qo‘shiladi:

  • Huawei Nova 2s
  • Huawei Nova 3
  • Huawei Nova 3i
  • Huawei Nova 4
  • Huawei Nova 5 turkumi
  • Huawei Nova 6 turkumi
  • Huawei Nova 7 turkumi
  • Huawei Enjoy 10 turkumi

Ushbu dastur hozircha faqat Xitoyda yo‘lga qo‘yilgan; agar u samarali kechsa, keyin Huawei buni boshqa mamlakatlarda ham boshlashi mumkin.

O‘QING: TOP-10: Eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar (2021 yil iyun)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!