Huawei Mate 20 va Mate 20 Pro: iPhone XS’dan ham qimmatmi

  •   Saroy
  •  4071
  •  05.10.2018 12:00

Huawei Mate 20 va Mate 20 Pro: iPhone XS’dan ham qimmatmi

Huawei Mate 20 va Mate 20 Pro haqida tarmoqlarda ko‘p yozilgani bilan, ushbu gadjetlarning narxi noma’lumligicha qolayotgan edi. Mana endi qurilmalarning narxi haqida ham xabarlar paydo bo‘ldi. Yashirin manbalar flagmanlarning narxini bilishga muvvaffaq bo‘lgan va ushbu ma’lumotlarni PhoneArena resursi bilan baham ko‘rgan. Mana endi ushbu resurs bu haqdagi ma’lumotlarni tarmoqlar orqali e’lon qilmoqda.

128 GB xotiraga ega Huawei Mate 20  799 shveysariya frankiga baholangan. Bu narx  4 GB OZU versiyasi uchun belgilangan bo‘lsa kerak.

O‘QING:Lenovo ham xuddi Huawei Mate 20 Pro singari «to‘rt ko‘zli» kameraga ega smartfonini reklama qila boshladi!

Mate 20 Pro modeliga esa 999 shveysariya franki miqdorida narx qo‘yilgan. iPhone X Max ham AQShda qariyb 1100 dollar turadi. Ichki xotirasi 128 GB va 6 GB OZU bo‘lgan Mate 20 Pro versiyasi ham  qariyb shuncha turadi. Umuman, oktyabr oyining ikkinchi yarmida ushbu modellarning narxlari borasidagi savollarga nuqta qo‘yiladi, deyishmoqda ekspertlar. Chunki bu vaqtda smartfonlar allaqachon sovda rastalarini egallagan bo‘lishi kerak.

O‘QING:Huawei Mate 20 Pro: «suvosti rejimi» siri oshkor bo‘ldi

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!