Huawei Mate 40E 5G chiqdi: 90 gerslik displey, 64 MPlik kamera

  •   DiMaX
  •  542
  •  10.03.2021 16:53

Huawei Mate 40E 5G chiqdi: 90 gerslik displey, 64 MPlik kamera

Xitoylik telekommunikatsiya giganti bultur Huawei P40 turkumida oltita modelda smartfon taqdim etgan edi. Bu yil fevralning oxirida esa kompaniya ortiqcha shov-shuvlarsiz shu oilaning yettinchi vakiliHuawei P40 4G modelini chiqargan.

O‘QING: AnTuTu reytingi: O‘z egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (2021 yil fevral)

Huawei endi mazkur turkumning yana bir a’zosi – Mate 40E 5G smartfonini namoyish qildi. Kompaniya uni o‘lchami diagonaliga 6,5 dyuymlik, tasvir aniqligi Full HD+ formatli (2376x1080 piksellik OLED-ekran bilan ta’minlagan.

Displeyda kadr yangilanish chastotasi 90 gerslik, uning sensor qavati esa 240 gerslik chastotada yangilana oladi. Ekranning o‘ziga barmoq izi skaneri integratsiya qilingan, yuqori chap burchagida esa 13 megapiksellik selfi-kamera uchun tirqish ochilgan.

Huawei Mate 40E 5G kompaniyaning o‘z mahsuloti bo‘lmish Kirin 990E protsessori bazasida tayyorlangan. Mazkur chipset maksimal takt chastotasi 2,86 GGs bo‘lgan sakkizta yadroni hamda Mali-G76 grafik tezlatgichini, shuningdek 5G-modemni o‘z ichiga olgan.

O‘QING: Huawei Mate X2 chiqdi: 100 karra zumga ega Leica kamerali buklamafon! (+video)

Bosh kamerada asosiy datchik 64 megapiksellik bo‘lib, maksimal f/1,9 diafragmali ob’yektiv bilan birlashgan. Unga yordamchi 16 MPlik sensor keng burchakli optikaga ega, 8 MPlik uchinchi modul esa uch karralik optik zumni ta’minlay oladi.

Mate 40E 5G modeli Wi-Fi 802.11ac hamda Bluetooth 5.2 simsiz interfeyslariga, NFC chipiga ega. Uning avtonomligiga 40 vattlik tezkor quvvatlana oluvchi 4200 mA/soatlik batareya mas’ul.

Yangi smartfonning tezkor xotirasi 8 gigabaytlik bo‘lib, doimiy xotirasi 128 hamda 256 gigabaytlik variantlarda taklif etiladi. Ularning narxlari tegishlicha 710 va 780 dollarga teng.

O‘QING: Global bozordagi eng kuchli o‘nta hamyonbop Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!