Huawei’ning ishi besh: ikki oyda 3 million dona Honor 10 sotildi

  •   Saroy
  •  1269
  •  14.07.2018 10:58

Huawei’ning ishi besh: ikki oyda 3 million dona Honor 10 sotildi

Huawei kompaniyasining Tvitter’dagi  rasmiy sahifasida  Honor 10 smartfoni sotuvi haqida post joylandi.

Huawei Honor 10 smartfoni 19 aprel kuni taqdim etilgan edi, rasmiy sotuvga chiqishi esa Xitoyda  29 aprelda boshlandi hamda 15 may kuni xalqaro bozorga ham chiqarildi. Sotuvga chiqqan kundan to 11 iyulgacha kompaniya uch million dona yangi flagman smartfonini sotibdi. Maqtansa arzigulik natija. Shu bois ham Huawei yangi apparatlarining sotuvi, ayniqsa Ispaniyada  500 foizgacha o‘sganini alohida ta’kidlab o‘tgan. Birgina Xitoyning o‘zida Honor 10’dan 1 million dona sotilgan.

O‘QING:TOP-6: $600 dollardan qimmat kuchli smartfonlarning bizdagi narxlari!

Honor 10 84-dyuymli IPS-displeyiga ega bo‘lib, uning formati 2280 ga 1080 piksel va tomonlar nisbati 19:9. Ekranida old kamera va dinamik uchun tirqish bor. Romning past qismida barmoq izlari skaneri joylashgan. Kirin 970 chipi qurilmaning yuragi hisoblanadi. Honor 10 4 yoki 6 gigabayt tezkor va 64 yoki 128 gigabayt ichki xotiraga ega. Smartfonning qo‘sh kamerasi  16 va 20 Mp modullari bilan ta’minlangan. Portret rejimi mavjud. Old kamerasi 24-megapikselli bo‘lib, yuzni tanish funksiyasiga ega. Qurilmaning akkumulyatori  3320 mAch sig‘imli. SuperCharge 5V/4,5A (25 daqiqada 50%) tezkor quvvatlanirgich ham bor. Qolaversa, USB Type-C porti va 3.5-millimetrlik audio tirqish qurilmaning imkoniyatlari qay darajada ekani haqda yaxshi tasavvur beradi. Ovoz uchun  AK4376A chipi mavjud, hatto NFC ham esdan chiqarilmagan. Apparatning operatsion tizimi  Android 8.1 Oreo'da ishlaydi, deyiladi xabarda.  Qurilmaning 6/64 GB versiyalisi 415 dollarga narxlangan, qimmatroq varianti esa, ya’ni 6/128 gigabaytlisi 480 dollarga aylanadi.

O‘QING:3 oyda 3 mln dona sotilgan smartfonning O‘zbekistondagi narxi qancha?