Huawei Nova 3: endi 10-nanometrli flagman protsessoriga ega

  •   Saroy
  •  1280
  •  11.07.2018 15:56

Huawei Nova 3: endi 10-nanometrli flagman protsessoriga ega

SlashLeaks portali hali xabari berilmagan Huawei Nova 3 smartfonining  «jonli» suratini namoyish etdi. Rasmda apparat avval hech kutilmagan qo‘shimchalar bilan ta’minlanganini ko‘rish mumkin.

Suratda Huawei Nova 3 qirqmali ekranga egaligi ko‘rinib turibdi.  Shuningdek qurilmaning texnik tavsifi ham ochib berilgan. O‘nga ko‘ra, smartfon  Kirin 659 protsessori yoki yanada yangi versiya - Kirin 710 bilan ta’minlangan. Qurilma haqida yana boshqa ma’lumotlardan shuni aytish mumkinki, unda 2340 ga 1080 pikselli formatdagi ekran kishining e’tiborni tortadi. Qurilmaning tezkor xotirasi 6 gigabayt va ichki xotirasi 64 gigabayt. Shuningdek, qurilma EMUI 8.2. qobiqli OS Android 8.1 Oreo’ da ishlaydi.

O‘QING:Huawei bu yil Kirin chipi va GPU Turbo bilan ta’minlangan smartfon chiqaradi

Gap-so‘zlarga qaraganda, Huawei Nova 3 to‘rtta kameraga ega bo‘ladi: asosiy qo‘sh kamera 24 va 16 Mp bo‘lgan tasvir datchigi bilan jihozlanadi, ikkitalik selfi-kamera esa  24 i 2 Mp moduli bilan ta’minlangan. Smartfonning keng formatli  LCD-ekrani diagonali 6,3 dyuymli, akkumulyator sig‘imi 3650 mAch. Ichki xotirasi 64 GB bo‘lgan variantdan tashqari, yana 128 gigabaytlisi ham kutilmoqda. Apparatning anonsi 18 iyulga mo‘ljallangan. Narxi haqida esa hozircha ma’lumot berilmadi.

O‘QING:6 oy o‘tdi: Yilning eng yaxshi smartfonlarini aniqlaymiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.