Huawei P Smart Z haqidagi yangi ma’lumotlar oshkor bo‘ldi

Huawei P Smart Z haqidagi yangi ma’lumotlar oshkor bo‘ldi

Slashleaks saytida Huawei P Smart Z'ga tegishli yangi jihatlar e’lon qilindi. Ushbu ma’lumotni Amazon onlayn internet-do‘koni «sotib qo‘ygan».

O‘QING: Hamyonbop P Smart Z – kamerasi korpusdan chiquvchi ilk Huawei smartfoni rasmiy suratda!

Shunday qilib yangi qurilma diagonali 6,9, aniqligi 2340 x 1080 piksel bo‘lgan displeyga, yakkakristalli Kirin 710 protsessoriga ega bo‘lgan. Tezkor va doimiy xotira mos ravishda 4/6 gigabaytni tashkil qiladi.

Smartfonga 4000 mA/soatlik akkumulyator o‘rnatilgan, barmoq izi skaneri orqa paneldan o‘rin olgan. Ostki qismda esa USB-C va quloqchin uchun tirqish joylashgan.

Uning o‘lchamlari 163,5 x 77,3 x 8,9 millimetrni tashkil qilib, 196,8 gramm «tosh bosadi». Eng muhimi – narxi 300 dollarni tashkil qiladi.

Yangi ma’lumotlarga qaraganda, Huawei P Smart Z tez orada taqdim etilsa kerak. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa allaqachon ushbu kompaniyaning ayrim smartfonlarini 860 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish imkoni bor.

QING: Moto Z4 smartfonining racmiy renderlari e’lon qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!