Huawei romsiz Nova 2s smartfoni taqdimotini Xiaomi’ning Redmi 5 modeli taqdimot kuniga belgiladi

  •   DiMaX
  •  1086
  •  02.12.2017 17:28

Huawei romsiz Nova 2s smartfoni taqdimotini Xiaomi’ning Redmi 5 modeli taqdimot kuniga belgiladi

Hali kechagina biz, Huawei kompaniyasi o‘zining yangi Nova 2s smartfonini qandaydir yopiq tadbirda namoyish etgani haqida xabar bergan edik. Bugun esa xitoylik bu gigant mazkur qurilmasining taqdimot sanasi aks ettirilgan rasmiy tizerini e’lon qildi. Bu xususda Gizmochina nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Huawei yangi – 4 kamerali, romsiz Nova 2S smartfonini «maxfiy» anjumanda namoyish etdi

Reklamaga ko‘ra, to‘liq ekranli dizaynga ega Nova 2s smartfoni 7 dekabrda rasman namoyish etiladi.

Aftidan, Huawei mazkur devays taqdimotini ayni shu sanaga belgilagani bejiz emas. Zero, shu kuni Xitoyning yana bir smartfonsozi – Xiaomi ham o‘zining Redmi 5 hamda Redmi 5 Plus modellarini namoyish qilishni rejalashtirgan.

O‘QING: RASMAN: Xiaomi romsiz Redmi 5 hamda Redmi 5 Plus taqdimot sanasini aytdi

Ta’kidlash kerakki, shu kuni Huawei taqdim etadigan smartfon kuchli xususiyatlarga va romsiz ekranga ega. «Xitoycha Apple» namoyish eqiladigan modellar esa, garchi romsiz displeyli bo‘lsa-da, hamyonbop modellar turkumiga mansub.

Mayli-da, taqdimotni bir kunga belgilash ham, balki, raqobatning bir ko‘rinishidir.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!